Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Lempardning fikricha, "Everton" Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qoladi

Lempardning fikricha, "Everton" Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qoladi

Baho:
+ | -

"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempardning fikricha, uning jamoasi Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qola oladi.

Kecha, 15 may kuni “Everton” o‘z maydonida “Brentford”ga imkoniyatni boy berdi (2:3). Mezbonlarning ikki futbolchisi maydondan chetlatilgani sababli ular o‘yinni 9 kishi bilan yakunlashdi.

"G‘alaba bizni quyi ligaga tushib qolishdan himoya qilishini tushungandik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Biz to‘liq tarkibda bo‘lganimizda, hammasi yaxshi edi. Chetlatishdan oldin menga hammasi g‘alaba bilan tugaydigandek tuyulardi, lekin birinchi qizil kartochka hammasini o‘zgartirib yubordi.

Bu ham psixologiya, ham jismoniy holat masalasi. Hammasi o‘zimizga bog‘liq. Agar keyingi o‘yinda g‘alaba qozonsak, Premyer-ligada qolamiz.

Men o‘z futbolchilarimga ishonaman va muxlislar bizni keyingi o‘yinda ham, bugungidek qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman", - dedi Lempard.

Kiritildi: 09:31, 16.05.2022.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик