Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Yovan Jokich: “Har bir raqibni hurmat qilish kerak”

Yovan Jokich: “Har bir raqibni hurmat qilish kerak”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 29 yoshli serbiyalik tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bo‘lajak bahs “vodiy derbisi”maqomiga ega va derbi uchrashuvlari jamoalar turnir jadvalida qaysi pog‘onani egallab turganligidan qat’iy nazar, doimo keskin kurashlar ostida o‘tadi. Albatta, mazkur o‘yin ham bundan mustasno bo‘lmaydi. Shu bois, har bir raqibni hurmat qilish kerak va xotirjamlikka berilish yaramaydi.

O‘zbekiston Superligasida 5 yildan buyon o‘ynayapman hamda “Navbahor” – “Neftchi” o‘rtasidagi bahslarning juda yuqori saviya, keskin kurashlar ostida bo‘lib o‘tganligini juda yaxshi bilaman. Endi esa o‘zim shunday o‘yinda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lib turibman.

Jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov tashabbuslari bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, “Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvi chiptalari ancha arzonlashtirildi. 

Ishqibozlar ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, stadionni to‘ldirib, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, biz – futbolchilarga madadkor bo‘lishadi, degan umiddaman.

Biz esa “vodiy derbisi”dan tashqari, prinsipial ahamiyatga ham ega bo‘lgan bo‘lajak bahsda zafar quchib g‘alabali odimimizni davom ettirish, peshqadamlik mavqemizni mustahkamlash, muxlislarga quvonch ulashishga barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.    

Fursatdan foydalanib,”Navbahor”ga barcha qulayliklarni yaratib berayotgan  Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov hamda klub rahbariyati, shu jumladan, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman va buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:29, 16.05.2022.
O'qildi: 1371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.