Kirish Ro'yxatdan o'tish

Perishich "Inter"ga ultimatum qo‘ydi

Perishich "Inter"ga ultimatum qo‘ydi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi hujumkor yarim himoyachi Ivan Perishichni o‘z safida olib qolmoqchi, ammo u bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti.

Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, xorvatiyalik futbolchi maoshni oshirishni istamoqda va "neradzurrilar"ga ultimatum qo‘ygan. U yiliga kamida olti million yevro ishlab olmoqchi. Talab qilingan shartlar "Inter" klubiga mos kelmaydi. Klub rahbarlari 33 yoshli futbolchiga bunday pul to‘lashga tayyor emaslar.

Ivanning "Inter" bilan shartnomasi shu yilning yozida tugaydi. Xorvatiyalik vingerga da’vogarlar orasida Londonning “Chelsi” va Turinning “Yuventus” klublari bor.

Kiritildi: 11:41, 18.05.2022.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик