Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

APL. «Aston Villa» so‘nggi turda «Manchester Siti»ga yutqazsa, 15 mln funt oladi!

APL. «Aston Villa» so‘nggi turda «Manchester Siti»ga yutqazsa, 15 mln funt oladi!

Baho:
+ | -

Kecha «Liverpul» g‘alaba qozonib, APL chempionligi so‘nggi turga qolgach, «Manchester Siti» - «Aston Villa» uchrashuviga e’tibor oshgani tabiiy.

Ayniqsa, birmingemliklarni «Liverpul» afsonasi Stiven Jerard boshqarishi hikoyaning go‘zal bo‘lishiga sababdek ko‘rinmoqda. O‘z vaqtida liverpulliklar safida to‘p surib, chempionlikka erisha olmagan, eng yaqin kelingan mavsumda esa, kutilmagan xato tufayli jamoasini mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan Jerardning o‘sha qarzini qaytarishi, bugungi «Aston Villa» tarkibida esa, o‘sha «Liverpul» yetakchilaridan biri Filip Koutinyoning ham borligi - ajoyib.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor ekan. Hozirda futbol eksperti sifatida tanilgan sobiq «Siti» himoyachisi Mayk Richardning TalkSPORT'ga aytishicha, o‘tgan yozda Jek Grilishning «Aston Villa»dan «Manchester Siti»ga transferi shartnomasida alohida band bo‘lib, agar Grilish yangi jamoasi safida chempion bo‘lsa, «Siti» bonus sifatida qo‘shimcha 15 million funt to‘lashi yozilgan ekan. Ya’ni, agar 38-turda «Aston Villa» «Etihad»da yutqazadigan bo‘lsa, qonuniy 15 million funt oladi.

Ana bo‘lmasam!

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 16:53, 18.05.2022.
O'qildi: 8432 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.