Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Bugun Yevropa ligasi finali: «Qizil burgutlar» «sheryurak» shotlandlarga qarshi

Bugun Yevropa ligasi finali: «Qizil burgutlar» «sheryurak» shotlandlarga qarshi

Baho:
+ | -

May finallar oyi. Yevropa maydonlarida o‘tayotgan ichki va mintaqaviy bahslar o‘z yakuniga yetar ekan hissiyotlar avj pallasiga chiqib bormoqda.

UYEFAning uchta yirik turniri finallari bugundan boshlanadi. Bugun Sevilya shahrida Germaniyaning «Ayntraxt» va Shotlandiyaning «Reynjers» klublari Yevropa ligasi g‘olibligi uchun bellashadilar. 

2019 yilda Yevropa Ligasi finalida «Chelsi»dan kichik hisobda mag‘lubiyatga uchragan «Ayntraxt» «Barselona», «Real Betis» va «Vest Xem Yunayted» kabi jamoalarni mag‘lub etib, nufuzli musobaqaning finaliga chiqishdi. Ko‘p yillar «Seltik» soyasida qolib ketgan, shon-sharafiga chanqoq klub «Reynjers» ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, «Borussiya Dortmund», «Braga» va «RB Leypsig»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi. Ikkala klub ham bir-biridan qolishmaydi.

«Reynjers»da nima gaplar?

Jovanni van Bronkxorst Ispaniyaga begona emas. 2003-2004 yilgi mavsumda Kataloniyaning «Barselona»sida to‘p tepgan. «Reynjers» bosh murabbiyi Alfredo Morelos, Ianis Xagi va Filip Helander xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu shotlandlar uchun katta yo‘qotish. «Leypsig» ustidan qozonilgan g‘alabada jarohatlangan Morelosning o‘rnini to‘ldirish boshqalariga qaraganda qiyinroq. Kemar Rufning finalda qatnashish imkoniyati bor, ammo markaziy hujumchi roli Jo Ariboga topshirilishi haqiqatga yaqinroq. Unga qanotlarda Rayan Kent va Skott Raytlar yordam beradi.

«Reynjers» bosh murabbiyining yarim himoyada ortiqcha bosh og‘ritishiga hojat yo‘q. Glen Kamara, Rayan Jek va Jon Landstrem kombinasiyasi asosiy tarkibda o‘yinga tushiriladi. Ehtimol shu uch o‘yinchi sababli ham «Reynjers» bugun finalda o‘ynamoqda.

Van Bronxorstning aytishicha, g‘alaba Shotlandiya klubi uchun katta ahamiyatga ega, bu esa futbolchilar uchun ajoyib motivasiya. Niderlandiyalik murabbiyning ta’kidlashicha, «Reynjers» futbolchilari bor e’tiborni faqat o‘z o‘yiniga qaratishlari va bu oddiy 11ga 11 qarshi o‘yin ekanligini unutmasliklari kerak.

Ehtimoliy tarkib (4-3-3): Allan Makgregor; Djeyms Taverniyer, Konnor Goldson, Kelvin Bassi, Borna Barishich; Djon Landstrem, Glen Kamára, Ráyan Djek; Djo Aribo, Feshn Sakala, Rayan Kent

«Ayntraxt Frankfurt»da-chi?

Frankfurtning «Ayntraxt»idagi eng katta yo‘qotish bu himoyada Martin Xintereggerdir. Avstriyalik futbolchi jarohati tufayli finalda ishtirok eta olmadi. Uning yo‘qligini Almami Ture bildirmasligi kerak. Katta ehtimol bilan murabbiy Oliver Glasner hech qanday taktik o‘zgarishlarni amalga oshirmasa kerak. Ammo «Reynjers»ning markaziy hujumdagi yo‘qotishlari sabab qanotlardan hujumga o‘tishi hisobiga Ansgar Knauff va Filip Kostich kabi samarali qanot himoyachilari dan foydalanishga majbur bo‘lsa kerak.

«Ayntraxt», shunga qaramay, keng pozisiyalardan hujum qilishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Nemislar qarshi hujumda juda kuchli. Yaponiyalik futbolchi Daichi Kamada «Ayntraxt»ning omad tumori deyishimiz mumkin. 26 yoshli vunderkind hujumdagi ustunlikni ta’minlashi kerak.

Ehtimoliy tarkib (3-4-2-1): Kevin Trapp; Almami Ture, Tuta, Obit Evan N’Dika; Ansgar Knauff, Sebastyan Rode, Djibril Sov, Filip Kostich; Yesper Lindstryom, Daichi Kamada; Rafael Santos Borre.

Asosiy statistika qanday?

«Barselona»ga qarshi o‘yin qahramoni Rafael Santos Borre Bundesliga mavsumini sakkizta gol bilan yakunladi. Daichi Kamada beshta gol bilan Frankfurtning Yevropa ligasidagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

«Ayntraxt» Yevropa Ligasi finaliga yutqazmay yetib keldi (7 g‘alaba, 5 ta durang), «Reynjers» 14 ta o‘yindan 5 tasida mag‘lub bo‘ldi (6 g‘alaba, 3 durang). Frankfurtliklar Yevropa Ligasidagi har bir o‘yinda o‘rtacha 1,66 gol urishmoqda, Reynjersning zarbasi esa XGda 1,57. «Burgutlar» bu mavsumda Ispaniyada ikki marta g‘alaba qozongan, beshta tashrifda hech qachon mag‘lub bo‘lmagan.
***
Aytgancha, Ispaniya polisiyasi bugun Sevilya shahrida Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasi 5 muxlisini hibsga olgan. Nemis fanatlari Yevropa ligasi finali oldidan Shotlandiyaning «Reynjers» klubi ishqibozlariga hujum qilgan. 

Xabarga ko‘ra, nemis muxlislari shotlandlarga qarata olov otishgan. To‘qnashuvda «Ayntraxt»ning 200 ga yaqin fanati ishtirok etgan. Voqea joyiga polisiyaning qo‘shimcha kuchlari tashlangan va ular nazoratni qo‘lga olish uchun havoga bir necha marta o‘q uzishga majbur bo‘lishgan.


Final o‘yinini tashkil qilish uchun shaharga 5,5 mingdan ortiq polisiya xodimi jalb qilingan. Tartibsizliklar oqibatida 1 nafar shotland muxlisi boshidan jarohat olgan.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 22:33, 18.05.2022.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.