Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Yevropaning eng g‘amgin jamoasi

Yevropaning eng g‘amgin jamoasi

Baho:
+-1 | -

Qatorasiga uchinchi yildirki, «Gerta» o‘n millionlab yevrolarni sarflamoqda.

170 mln. transfer oynasida behuda ketdi (faqat «Bavariya», «Borussiya Dortmund», «Leypsig» va «Bayer»ning xarajati bundan ko‘proq, xolos), tinimsiz ravishda Chempionlar Ligasiga chiqish maqsadi haqida gapiriladi. Natija-chi?! Bu klub birinchi Bundesligada arang jon saqlamoqda.

Uch yil avval «Gerta» 16 yoshida vunderkind-biznesmen sifatida qaralgan investor ixtiyoriga o‘tdi. U ikki marta bankrot bo‘lib, Qozog‘istondagi aviahalokatda mo‘’jiza tufayli omon qolgandi. Gap Tennor Holding korporasiyasi rahbari Lars Vindxorst haqida bormoqda. Undagi futbolga muhabbat foyda ko‘rmay pul tikishga undadi. Faqat futbol klubi orqali biznesdagi obro‘sini yaxshilashni o‘yladi. Ammo uning o‘ylaganlari amalga oshmadi.

Hammasi chiroyli boshlangandi: biznesmen Germaniya mediasidagi insaydlarga qarshi kurashdi. Misol uchun, 2021 yilning iyunida Manager-Magazin va Der Spiegel nashrlari klubga investisiya kiritish to‘xtab qolgani haqida xabar tarqatdi. Vindxorst «Tvitter» orqali barcha to‘lovlar bo‘yicha hisobot berib, 2019 yilda Manager-Magazin «Gerta» va ishbilarmon o‘rtasidagi aloqalar tezda uzilgani haqida feyk ma’lumot chop etganini qo‘shimcha qildi.

Keyingi chiqishlar yanada zerikarli bo‘ldi. «Tvit»lar chiroyli so‘zlar bilan boyitildi, jonli nutqqa kelganda esa Lars o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Misol uchun, 2022 yilda «Gerta» fanatlari bosh murabbiylik postiga Yurgen Klinsmann kelganidan so‘ng amalga oshirilgan ahmoqona xarajatlarda Vindxorstni ayblaganda, javob shunday bo‘lgandi: «Bu safsatalaringiz ham kulgili, ham dahshatli. 2019 yilning 24 noyabrida «Augsburg»ga 0:4 hisobida imkoniyat boy berilgach, menga janob Prits (klubning o‘sha paytdagi sport direktori) qo‘ng‘iroq qilib, Klinsmanni ko‘ndirmoqchiligini aytgandi. U Yurgenning darhol Los-Anjelesdan Berlinga uchib kelishini aytib, muzokaralar bo‘yicha yordam so‘radi».

Yana bir holat hujjatli film s’yomkalari bilan bog‘liq. «Maqsad - ushbu filmni Amazon singari servislarga sotish va shu tariqa «Gerta»ni xalqaro darajadagi brend sifatida yuksaltirish», - degandi Tennor Group vakili Andres Fritsenkotter. Vindxorst shu maqsadda 1 million yevro ajratdi, ammo natija unga yoqmadi. «Epizodlarning birida «Gerta» xodimi janob Vindxortstni yoqimsiz kishi sifatida tasvirlagan, bir nechta sahnalarda esa Vindxorstning ustidan kulishgan. Bu film namoyish uchun to‘g‘ri kelmaydi», - deya so‘nggi qarorni e’lon qildi Fritsenkotter. «Gerta»dagilar baribir filmni omma e’tiboriga havola qilishni xohlashdi, biroq yakuniy montaj uchun pul kerak edi, Vindxorst esa mablag‘ bermadi.

Funksioner «Gerta»ning bunday ahvolga tushib qolishiga yolg‘iz sababchi emas. Ta’bir joiz bo‘lsa, u salbiy oqibatlarga homiylik qilmoqda - murabbiylarning muntazam almashishi va tushunarsiz summa evaziga amalga oshirilgan o‘ta g‘alati transferlar shular jumlasidan.

v 2019 yilning noyabrida Yurgen Klinsmann Bundesligadagi 15-o‘rinni egallab turgan «Gerta» bosh murabbiyiga aylandi. Ikki asosiy fakt: birinchidan, Klinsmann bunga qadar olti yil ikkinchi jamoani boshqargan, umumiy hisobda klub tizimiga 20 yilini baxshida etgan Ante Chovichning o‘rnini egalladi. Ikkinchidan, Yurgen jamoada 76 kun ishlab, «Gerta» bilan «Feysbuk» orqali xayrlasharkan, qarorini sport menejmentiga ko‘proq ta’sir o‘tkazishni xohlagani bilan izohladi. Murabbiyning boshqaruv organida qolishni istagani qiziq, lekin Vindxorst Klinsmanni tanqidlarga ko‘mib, haydadi.

v Keyingi murabbiy Bundesligada jon saqlash uchun kurashish bo‘yicha iqtidorga ega Bruno Labbadia bo‘ldi. U qishki transferlar oynasida 77 mln. yevro sarfladi: «Lion» tayanch yarim himoyachisi Tuzar uchun 25, «Milan» forvardi Pyontek uchun 24, «Leypsig» a’zosi Kunya uchun 18 va «Shtutgart» futbolchisi Askasibar uchun 10. Ular orasida faqat Kunya darhol jamoaga kirishib ketdi, ammo 2021 yilning yozida uni «Atletiko»ga 21 mln. evaziga qo‘yib yuborishdi. Qolganlar ishonchni oqlashmadi va jamoa mavsum-2019|2020ni 10-o‘rinda yakunladi.

v Mavsum-2020|2021 yanada yomon o‘tdi - bor-yo‘g‘i 14 o‘rin. Mavsum o‘rtasida Labbadia va sport direktori Prits iste’foga chiqdi, «Gerta»ning afsonaviy sobiq futbolchisi (1997-2011) va sobiq murabbiyi (2015-2019) Pal Dardai ortga qaytdi. U jamoani elitada saqlab turdi, futbolchilarni irodasizlik uchun so‘kdi, keyin esa o‘g‘li Martonni asosiy tarkibga qo‘shdi. Aslida Martonning o‘yini chakki emasdi, lekin baribir, tanqidlar ko‘paydi.

v 2021 yilning 29 noyabrida Dardaini ishdan bo‘shatib, o‘rniga bir klubda to‘liq bir mavsum ishlamagan Tayfun Korkutni tayinlashdi. Bu 2021 yilning bahorida «Gerta» sport direktoriga aylangan Fredi Bobichning murabbiy tayinlovi borasidagi dastlabki qarori edi.

Bobich - bahsli personaj. Uni «Ayntraxt»dagi muvaffaqiyatlari evaziga ko‘kka ko‘tarishgandi, lekin tarjimai holida omadsiz loyihalar ham bor. Fredi ishlagan paytda «Gerta» tarkibi o‘rtamiyona futbolchilar (Serdar, Rixter, Maolida, Ekkelenkamp) hisobiga to‘ldirildi, ularning yoniga Stefan Yovetich va Kevin-Prins Boateng erkin agent sifatida qo‘shilishdi. Yakunda Boateng gol}pas tizimi bo‘yicha ochko to‘play olmadi, Yovetich esa 6ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Aytgancha, har ikkisi jarohatga moyil.

Korkut lavozimida uzoq ishlamadi. 2022 yilning 14 martida 17-o‘rinda borayotgan «Gerta»ni Feliks Magat qabul qilib oldi. Haqli savol: uning to‘liq mavsumoldi tayyorgarliksiz amalga oshiriladigan istisnoli metodikasi naf beradimi? Bu mutaxassis o‘yinlar oralig‘ida jismoniy holatni yaxshilashga intilmaydi, taktik dahodan ham umid yo‘q. 

Bobichni maqtashga arzigulik yagona jihat - klub iyerarxiyasining yangilangani. U skautlar bo‘limini qayta yig‘di, «Ayntraxt»dan tajribali jangchilarni taklif etdi, «Arsenal»dan raqamlar bilan ishlashni yoqtiradigan Leonardo Skirpoli keldi. Yoshlar akademiyasi strukturasini yaxshilash bilan shug‘ullandi, yangi direktor taklif etib, ish uslubini ko‘rib chiqdi. Berlin - yirikligi jihatidan Yevropaning 5-shahri hisoblanadi, mahalliy iqtidorlar yetarlicha, ammo muntazam ravishda ularni sharqiy Germaniya klublari olib ketadi.

*****

2022 yilning fevralida Vindxorst Capital nashri tashkil etgan intervyuda «Gerta»ga kiritilgan investisiyalarni xato deb hisoblaysizmi?» degan savolga javob berdi: «Rostini aytsam, afsuski, ha. Hozircha faqat muammo va yo‘qotishlarga uchrayapman. Yagona ijobiy tajriba - klub a’zolari orasidagi professionallar bilan tanishish. Vaholanki, qarindosh-urug‘chilik holatlari ham uchradi».

Shu bilan birga, Vindxorst taslim bo‘lmoqchi emasligini ham qo‘shimcha qildi. Muvaffaqiyat yo‘lida yangi investisiyalar kiritiladi - garchi ungacha bo‘lgan yo‘l avval rejalashtirilganidan ko‘proq vaqtni talab etsa ham. Bungacha Lars tomonidan ajratilgan pullar-chi? Ular haqida Fredi Bobich joriy yilning martida hisobot bergandi: «Vindxorst klubga qariyb 500 million yevro ajratdi. Afsuski, ularning barchasi sarflab bo‘lindi».

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 13:08, 19.05.2022.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.