Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 20:00 Fransiya 2-3 Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

«Oldem» endi Non-Ligada

«Oldem» endi Non-Ligada

Baho:
+ | -

Turli divizionlardagi ko‘tarilayotgan va pasayayotgan xabarlar orasida 2-Liga vakili «Oldem Atletik»ka oid yangilik musaffo osmondagi momoqaldiroqdek gumburlab, Britaniya futbol jamoatchiligini lol qoldirdi. Gap shundaki, o‘z vaqtida APLda to‘p surgan «Oldem» roppa-rosa 115 yildan keyin yana non-ligaga tushib ketdi. Ha, bu chindan ham tarixiy voqea. Chunki jamoa 1907 yildan keyin non-ligani tamoman unutgandi.

«Oldem» aprel oyini autsayderlar safidagi raqobatchilari bo‘lgan «Stivenidja» va «Barrou» klublariga nisbatan o‘ta sust o‘tkazdi. Mazkur jamoalarning hal qiluvchi bahslardagi raqiblari saviyalarini inobatga olganda, «Oldem»ning imkoniyatlari juda past edi. Shu sababli, o‘z maydonida «Solford Siti»ga imkoniyatni boy bergani quyi divizionga tushib ketishini anglatardi. O‘sha uchrashuvning yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida, asablarini jilovlay olmagan ashaddiy muxlislar klub sohibiga e’tiroz bildirish maqsadida maydonga yopirildilar. Janjalkashlarni tinchlantirish va xavfsizlikni ta’minlash uchun 2 soat vaqt ketdi. Keyin uchrashuvning qolgan 14 daqiqasi davom ettirildi va «boyo‘g‘lilar» Angliya professional futboli bilan xayrlashdilar...

Muxlislarning noroziliklari bejiz emasdi. Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan klub sohibi (sobiq agent) Abdulla Lemsagam Oldemga kelishi bilan (2018) chinakam sirk namoyish etdi. Goh klubni sotishini ma’lum qilsa, birozdan keyin fikridan qaytib qoladi, 3 yilda 9 marta murabbiy almashtiradi. Bu ham mayli-ya, muxlislar o‘rtasida «norozilik kayfiyatini tarqatgani uchun» 3 nafar fanatni 3 yillik muddatga stadionga kirish huquqidan mahrum etsa, 2 kundan keyin jazoni bekor qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, agentlik davrida to‘plagan tajribasi evaziga Lemsagam o‘yinchilarni sotish orqali pul ishlaydi. Muxlislar bu borada anchadan beri uning jinoyatini isbotlashga urinayotgan bo‘lishsada, hech narsaga erisha olmadilar. hatto non,liga talabiga ham javob bera olmaydigan betayin o‘yinchilarning keldi,ketdilari esa to‘xtamayapti. Chunki transfer masalasi bilan klub sohibining ukasi shug‘ullanadi.

Skoulzning «Oldem Atletik»ka bog‘liq jihati nimada? «MYU» afsonasi Oldemda istiqomat qiladi va bolalik chog‘idan beri mahalliy jamoa muxlisi hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, «Oldem»ning non-ligaga tushib ketishiga aynan «Solford», ya’ni Skoulzning jamoasi sababchi bo‘ldi. Pol - «Solford» aksiyadorlaridan biri. Biroq klubdagilar taniqli muxlisga nisbatan yomon munosabatda emaslar. «Skoulzi» istagan paytida «Oldem»ga moliyaviy ko‘mak berishi, hatto uning sohibiga aylanishi ham mumkin.

O‘z vaqtida Pol «boyo‘g‘lilar» bosh murabbiyi bo‘lgan, lekin Lemsagamning bema’ni qiliqlari tufayli bir oydan so‘ng jamoani tark etgandi. Skoulz non-ligaga tez-tez borib turadi va bundan xijolat bo‘lmaydi. Shuningdek, farzandining Manchester Ligasidagi uchrashuvlarini ham o‘tkazib yubormaslikka harakat qiladi. Bir marta jamoa­da o‘yinchilar yetishmay qolganida 11-divizion doirasida maydonga ham tushgandi.

Bu yog‘i nima bo‘ladi? Milliy ligada (avvalgi Milliy konferensiya) Liga-2 vakillariga oson bo‘lmaydi. Hatto boshqaruv borasida muammosi bo‘lmagan klublarga ham. Agarda muammolar ko‘paygudek bo‘lsa, 6-divizionni kutishlari yoki bankrotlikni qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi. Milliy ligada professional klublar soni ko‘paymoqda. Chunki o‘yinchilar professional tizimida mashg‘ulot o‘tkazadilar. Yaqin kelajakda barcha 24ta o‘rinni professionallar egallaydigan bo‘lishsa, osonlikcha taslim bo‘ladigan jamoa umuman qolmaydi. U holda, ortga tezroq qaytish orzusidan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 07:12, 20.05.2022.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.