Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" o‘z himoyasini kuchaytirish maqsadida Bundesligadan futbolchi topdi

"MYU" o‘z himoyasini kuchaytirish maqsadida Bundesligadan futbolchi topdi

Baho:
+ | -

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi himoyachisi Evan N’Dika Premyer-ligaga o‘tishi mumkin.

Germaniya matbuotining yozishicha, 22 yoshli fransiyalik futbolchi Premyer-liganing ikki vakilining qiziqish doirasiga tushib qolgan. Gap Londonning “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” jamoalari haqida ketmoqda.

Biroq, Evan britaniyaliklardan voz kechishi va kelasi mavsumda jamoa bilan Chempionlar ligasida o‘ynash uchun "Ayntraxt"da qolishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, nemis klubi Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi.

Bundesliganing 2021/2022 yilgi mavsumida himoyachi 32 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:27, 21.05.2022.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик