"Kristal Pelas" ustozi Patrik Viyeyra jamoa futbolchisi Konor Gallaxer haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Barchamiz uni yaxshi ko‘ramiz. O‘ylaymanki, muxlislarimiz ham. Kiyinish xonasidagi futbolchilar Konorga ishonch va hurmat bilan qaraydi. U bu mavsumda ajoyib natijalarga erishdi. Eng muhimi esa o‘sa oldi. Bugun Gallaxer terma jamoa futbolchisiga aylandi. Unga barchamiz omad tilaymiz. Ammo uni jamoada qolishini istar edim".