Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rustamjon Ashurmatov: «Navbahor» chempionlik uchun oxirigacha kurashadi»

Rustamjon Ashurmatov: «Navbahor» chempionlik uchun oxirigacha kurashadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 25 yoshli mahoratli himoyachisi Rustamjon Ashurmatov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Xabaringiz bor, jamoamiz 9-turdagi “vodiy derbisi”da “Neftchi” ustidan g‘alaba qozona olmadi. Bo‘lajak raqibimiz “Lokomotiv” esa o‘tgan turda o‘z maydonida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi. Shu bois, bo‘lajak bahsning keskin kurashlar ostida ehtimoli yuqori. Biz farg‘onaliklar bilan bo‘lgan o‘yindagi durang natija tasodif ekanligini isbotlash niyatida maydonga tushsak, “temiryo‘lchilar” Namangandan hech bo‘lmasa,bir ochko olib ketishga intilishadi.

Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab, qo‘shimcha qilamanki, biz har bir o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz va bu niyatimizni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Muxlislarimizdan har xil o‘y-xayollarga bormasdan, bizga ishonishlari, shuningdek, bo‘lajak bahsda stadionga ko‘proq tashrif buyurib, jamoamizni bevosita o‘yingohda munosib qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rab qolaman.       

Jamoamiz joriy mavsumda nafaqat sovrindorlar safidan joy olish, balki chempionlik uchun oxirigacha kurashadi va buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", — dedi Ashurmatov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:15, 26.05.2022.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик