Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekistonning barcha yoshdagi terma jamoalariga yagona futbol falsafasini singdirish taklifi berildi

O‘zbekistonning barcha yoshdagi terma jamoalariga yagona futbol falsafasini singdirish taklifi berildi

Baho:
+ | -

O‘FA rahbariyati terma jamoalarning murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti va keyingi musobaqaga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi. Yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylar o‘z ishiga zamonaviy, rejali va bugungi kun jahon futbolidagi talablarga mos ravishda yondashishi zarurligi ta’kidlandi. Tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, murabbiylar shtabida esa doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va to‘liq tibbiy tarkib bo‘lishi talab qilindi.

Turli yosh toifasidagi 17 ta terma jamoalarimizning barchasiga yagona futbol falsafasini singdirish, futbol mentalitetidan kelib chiqib asosiy yo‘nalishlarni belgilash masalasi o‘rtaga tashlandi. Bu borada murabbiylar kengashining tajribali vakillari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

“O‘tkazilgan uchrashuvlar, bo‘lajak raqiblar, har bir futbolchining xatti-harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilishi va tahlil etilishi zarur. Dunyo futboli bilan hamnafas bo‘lish, tahliliy va tanqidiy yondashib, o‘z ustida ishlagan holda natijalarni yaxshilab borish har bir murabbiyning vazifasi”, — dedi Ravshan Ermatov.

Yig‘ilishda, shuningdek, bolalar-o‘smirlar va ayollar futbolini rivojlantirish, seleksiya jarayonini yanada kuchaytirish, turnirlarga futbolchilarni nafaqat jismonan, balki kuchli texnik-taktik tayyorlab borish masalalari ham muhokama etildi.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasining CAFA turniridagi ishtiroki ijobiy baholandi. O‘z navbatida, o‘smirlar terma jamoalariga o‘yinchilar yetishtirib berishda alohida tizim yo‘lga qo‘yish, bu borada akademiyalarning faoliyatidagi uzviy zanjirni mustahkamlash, murabbiylarni xorijda malaka oshirishlarini tashkil yuzasidan takliflar bildirildi.

Mutaxassislar tomonidan oldinda turgan musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish rejasi ishlab chiqilib, barcha yosh toifasidagi jamoalar uchun tatbiq etish vazifasi qo‘yildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:21, 26.05.2022.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик