Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

Effektli futbol, ammo CHLda doimiy qayg‘u...

Effektli futbol, ammo CHLda doimiy qayg‘u...

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» va ayniqsa, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga achinasan kishi. «Shaharliklar» 4 may kuni «Santya­go Bernabeu»da o‘tkazilgan yarim final javob o‘yini yakunlanishiga 6 daqiqa qolgan pallada ham CHL finalida edilar.

Biroq yakunda Parijdagi «Stad-de-Frans»ga «Siti» emas, «Real» boradigan bo‘ldi. Umuman, taktikalar qiroli - Pepni asosiy yevroturnirda anchadan buyon chinakam omadsizlik ta’qib qilmoqda...

2010 yildan buyog‘iga qarasak, Gvardiola jamoalari 8ta holatda o‘yinning qisqa vaqtida qo‘yib yuborilgan 2 yoki 3ta gol ortidan CHLdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Deylik, bu safar «Real» atigi 6 daqiqalik o‘yin vaqtida Ederson darvozasini 3 marta nishonga olib, Parij finali yo‘llanmasini Pep qo‘lidan shunchaki, yulib oldi. Ha, Karlo Anchelotti jamoa­si 90, 90}1 va 95-daqiqalarda gol urdiki, buni boshqacha izohlash mushkul. 

- Gvardiola Madriddagi o‘yin davomida Mahrez va Fodenga baqirdi. Uning vazifasi - futbolchilar diqqatini o‘yinga qaratish. Pep esa g‘azabini aslo yashirmadi. Hattoki, yordamchilari ba’zida uning so‘zlariga javob berishmadi. Taqqoslash uchun, Yurgen Klopp «Liverpul» Ispaniyada 0:2 hisobida yengilayotgan pallada ham o‘zini tutib turdi. Karlo Anchelotti ham. Ularda ulkan insoniy kuch bor, soxtalik yo‘q. Albatta, aslida Gvardiola va uning ishiga hurmatim baland. Lekin u o‘ziga ortiqcha e’tibor qaratib, daholikka da’vo qilishni istasa... Agar kelajakda 3 mlrd. byudjeti yo‘q oddiy jamoa bilan ham xuddi shunday natija ko‘rsatsa, oldiga borib, dunyoning eng yaxshi murabbiyi ekanligini aytaman. Ammo hozir emas. Natija shaf­qatsiz. Qarang, Pep 11 yildan buyon CHLda g‘alaba qozonolmayapti, chunki jamoasida Messi yo‘q.  Emmanuel Peti (fransiyalik sobiq yarim himoyachi). 

- Agar CHLda g‘alaba qozonganimizda, hamma buni mehnat emas, pul samarasi sifatida baholardi. Futbolchilar hali ham tushunishmayapti, ammo bu mag‘lubiyat — biz uchun sovg‘a. Hozirgi his-tuyg‘ularimizni ta’riflashga til ojiz. Yaxshi uxlab, diqqatni keyingi maqsadga qaratish kerak. CHLda qachon g‘olib chiqamiz, buning iloji bormi? Bilmayman, menda javob yo‘q. Shayx Mansur CHL kubogisiz qolish uchun sarmoya kiritmagan, albatta. Barcha harakat kubok yutish uchun. Albatta, CHLda shohsupaga ko‘tarilishni xohlaymiz, lekin buni uddalay olish-olmasligimizni bilmayman. Hozir hamma Gvardiola va «Siti» muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytmoqda, lekin bunga qo‘shilmayman. Axir APL, Ang­liya kubogi va Liga kubogi ham bor, hamisha barcha turnirlarda oxirigacha kurashamiz. Umuman, mendan hech qachon aniq bir turnirda sovrin yutish so‘ralmagan. Hozircha «Liverpul» va «Real»ni tabriklayman, ikkisi ham finalga loyiq. Biz esa keyingi mavsum hal qiluvchi o‘yinda bo‘lishga harakat qilamiz. Agar o‘xshamasa, navbatdagisida yana urinib ko‘ramiz. Ha, CHLdagi g‘alabaga ilhaqman, ammo buni uddalaydigan jamoa shakllantirishga kafolat berolmayman. Qaysi jamoa g‘alaba qozonsa, u munosib. Bugungi haqiqat shu - «Real» uddaladi, biz esa yo‘q. Xosep Gvardio­la («Manches­ter Siti» bosh murabbiyi). 

FAKTLAR

* Futbolda katta xarajat g‘alaba kafolati emas. Diqqat qiling, transferlar bozorida hamisha faol ish olib boradigan «Manchester Siti» oxirgi 10 yilda CHL finaliga atigi 1 marta chiqdi va uni ham boy berdi («Chelsi»ga). «Shaharliklar» shuningdek, ikki bora yarim finalda o‘ynashdi va ularda «Real» atalmish katta «to‘siq»qa duch kelishdi.

* Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida CHL yarim finalida 13 marta qatnashdi va ularning 7tasida omadsizlikka uchradi! Qisqasi, yarim finallar hisobi Pep foydasiga emas: 6:7. 

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 17:00, 26.05.2022.
O'qildi: 3089 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик