Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Aspilikuetaning taqdiri yaqin kunlarda oydinlashadi!

Aspilikuetaning taqdiri yaqin kunlarda oydinlashadi!

Baho:
+ | -

"Barselona" Angliya jamoasi Todd Bouli konsorsiumiga sotilganidan keyin "Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Chelsi" 32 yoshli futbolchining transferi uchun katta summa so‘ramaydi. Avvalroq, “Barselona” Aspilikuetani erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga harakat qilgan edi, biroq mavsumdagi 30 ta o‘yindan so‘ng uning “Chelsi” bilan shartnomasi avtomatik ravishda uzaytirilgan.

Ispaniya terma jamoasi a’zosi London klubiga 2012 yilda kelib qo‘shilgan. O‘shandan beri himoyachi 476 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 56 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:40, 27.05.2022.
O'qildi: 1906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик