Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Asqar Umarov: "Jamoani ruhlantirishga beling baquvvat bo‘lishi kerak"

Asqar Umarov: "Jamoani ruhlantirishga beling baquvvat bo‘lishi kerak"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Zomin” (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov savollarga javob qaytardi.

-  Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarimiz astoydil o‘ynadi, muxlislar uchun harakat qilishdi. “Andijon”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Borimizni berib o‘ynadik. Jamoamizga rahbariyatdan ozgina ruhiy dalda yetmayapti. Moliyaviy tomondan bizda qiyinchilik bo‘lyapti. Agar moliyaviy jihatdan futbolchilarimizni ruhlantirishganida g‘alaba bilan qaytgan bo‘lardik.

-  “Zomin” hozirda Pro ligada autsayder bo‘lib turibdi. Bunday muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi nimada?

-  Iqtisodiy muammo bo‘lib turibdi. Futbolchilarimiz hali ko‘p oylik maoshlarini olishgani yo‘q. Yaxshi homiylar bo‘lib, mutasaddilar bizga e’tibor qaratishganida bu jamoa yaxshi shakllangandi. Iqtidorli yoshlar va kelajagi bor yigitlar mavjud. Nima bo‘lsa ham oldinga qadam tashlaymiz.

-  Mavsum boshida jamoa oldiga qandaydir vazifa qo‘yilganmidi?

-  Maqsad u qadar jiddiy emasdi. Asosan pro ligada chiroyli o‘yin ko‘rsatib, bu yerda qolish maqsadi edi. Yoshlar bilan harakat qilyapmiz. Ular o‘tgan yili birinchi ligada chempion bo‘lgan.

-  Jamoa sardori Eldor Karimovni himoyachi ekanini bilamiz. Ammo bugungi uchrashuvni hujumchi sifatida boshladi. Ikkinchi bo‘limda esa yana himoyaga qaytdi. Nima uchun?

-  Hujumchimizni jarohati bor edi. Karimovni uchinchi hujumchi qilib qo‘ygandik. O‘tgan yillari ham jamoamizda to‘purar bo‘lgan. Bosh bilan o‘ynash va yana boshqa jihatlardagi imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Hujumda nimalarga qodirligini ham yaxshi bilamiz.

-  O‘yindan oldin “Andijon”dan qanaqa o‘yin kutgandingiz?

-  “Andijon”ni standartlardan foydalanishini bilgandik. Shuni ustida ishlagandik. Ikkinchi golni standartdan urishdi. Hakam gol bo‘lgani haqida qaror chiqardi. Biz boriga chidaymiz. Yana nimadir desak bo‘lmaydi.

-  Mabodo, “Zomin” birinchi ligaga tushib ketsa, jamoaning taqdiri nima bo‘ladi?

-  Aytyapman-ku, mutasaddilar jamoamizni qo‘llab-quvvatlasa bizda hali bemalol imkoniyat bor. Kuchimizga va futbolchilarga ishonamiz. Xohlagan jamoaga qarshi o‘yinda yutishimizga imkoniyatimiz bor. Faqat ruhiy tomondan dalda berib, oylik maoshlarini berib turib, qo‘llab-quvvatlashsa yaxshi bo‘lardi. Mana, “Andijon”ni sharoitlari qanday yaxshi. Jamoani ruhlantirishga beling baquvvat bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 20:45, 27.05.2022.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.