Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Matipning ukasi Fransiya polisiyasi muxlislarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llaganini aytdi

Matipning ukasi Fransiya polisiyasi muxlislarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llaganini aytdi

Baho:
+ | -

“Liverpul” himoyachisi Joel Matipning ukasi Marvin Fransiya polisiyasi “Liverpul” va “Real” o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladigan “Stad de Frans” stadioni oldiga yig‘ilgan muxlislarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatayotganini ma’lum qildi.

"Bunday tashkilotchilik Chempionlar ligasi darajasiga to‘g‘ri kelmaydi. Ayollar va bolalar bo‘lgan joylarda ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanish nomaqbul va xavflidir”, — degan Matipning ukasi.

Eslatib o‘tamiz, Marvin rafiqasi homilador bo‘lgani uchun stadionga navbatda turgan. Ular bu vaziyatda restoranlardan biriga yashiringan.

Kiritildi: 00:28, 29.05.2022.
O'qildi: 1822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик