Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sherzod Esonov: "Terma jamoada ham o‘z o‘rnimga ega bo‘lishni istayman"

Sherzod Esonov: "Terma jamoada ham o‘z o‘rnimga ega bo‘lishni istayman"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi pro liganing 10-turida o‘z maydonida “Zomin”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz a’zosi - iqtidorli yarim himoyachi Sherzod Esonov “Andijon”ning g‘alabasiga o‘z goli bilan munosib hissa qo‘shdi. Kuni kecha u bir qator savollarga javob qaytardi.

- Qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan bilgandik, - deya gap boshladi, Esonov. - Chunki “Zomin”da hech qanaqa bosim yo‘q edi. Biz esa yutishimiz shart edi. Agar ochko yo‘qotganimizda birinchi o‘rindagi “Turon” bilan ochkolarimiz farqi to‘rttaga ko‘payib ketardi.

- Aytish kerakki, jamoa “Zomin”ga qarshi qiyinchilikka duch keldi. Balki raqibga jiddiy qaralmadimi?

- Oson klublarning o‘zi yo‘q. Oxirgi o‘rindagi jamoami yoki birinchi o‘rindagi klubmi, biz doim bir xil tayyorlanamiz. Balki “Zomin”ni noqulay raqib deb o‘ylaymizmi, bilmadimu, ammo ancha qiyin bo‘ldi.

- Asosiy tarkibda maydonga tushganingizda gol urishingizni sezganmidingiz?

- Ha, gol uraman deb maydonga tushgandim.

- O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga chaqirildingiz. Tabiiyki, yig‘inga yaxshi kayfiyatda borasiz, u yerdagi maqsadingiz qanday?

- Terma jamoada ham “Andijon” sharafini munosib himoya qilish va o‘z o‘rnimga ega bo‘lishni istayman. Bu terma jamoa. Shu sababli O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishimiz kerak.

- Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov u yerda ham sizni “Andijon”da o‘ynayotgan pozisiyada sinab ko‘ryaptimi yoki...

- Hozircha bilmadim. Lekin bundan oldingi yig‘inlarda hujumchilar ortida, hujumkor yarim himoyachi sifatida sinab ko‘rdi. Menga farqi yo‘q, murabbiylar qayerda sinab ko‘rishsa, o‘sha pozisiyada qo‘limdan kelganicha o‘ynayman.

- Ravshan Haydarov siz bilan “Andijon”dagi har o‘yindan keyin gaplashib turadimi?

- Ha, har o‘yindan so‘ng o‘zaro gaplashaman. Barcha murabbiylar bilan aloqalarimiz yaxshi.

- Futbolchi sifatidagi keyingi rejalaringiz qanday?

- Rejalarimga kelsak, “Andijon” bilan Superligaga chiqish. Bundan keyin ham jamoamga ko‘proq yordam berishni xohlayman. Gollarim bilan ham, o‘yinim bilan ham qo‘ldan kelganicha “Andijon”ga foyda keltirishga bor kuchimni sarflayman.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:00, 29.05.2022.
O'qildi: 1459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.