Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Everton" futbolchisi: "2019 yilda "PSJ"ga o‘tishga yaqin kelgandim"

"Everton" futbolchisi: "2019 yilda "PSJ"ga o‘tishga yaqin kelgandim"

Baho:
+ | -

"Everton" yarim himoyachisi Allan Markes "Napoli"dan "PSJ"ga o‘tmagani haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning qishida Parij klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgandi, ammo "Napoli" uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmagandi.

"Aytaylik, 2019 yilda men "PSJ"ga o‘tishga juda yaqin qolgandim. Men va klub o‘rtamizda hammasi kelishilgan edi, ammo "Napoli" juda ko‘p narsani talab qildi. Men Neapolda baxtli edim, lekin shu bilan birga yangi tajriba uchun borishni va ajoyib imkoniyatdan foydalanishni xohlardim. Keyin men katta umidsizlikni his qildim", - deya iqtibos keltiradi Calciomercato nashri.

Eslatib o‘tamiz, Allan 2020 yilning yozida Karlo Anchelotti tomonidan jamoaga chaqirilgan paytda "Everton"ga o‘tgan edi. Frenk Lempard qo‘l ostida braziliyalik futbolchi jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylana olmadi.

Kiritildi: 16:49, 30.05.2022.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик