Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Taqdir Kloppning ustidan doimo kulib kelgan: nemis mutaxassining omadsizliklari sababi nima?

Taqdir Kloppning ustidan doimo kulib kelgan: nemis mutaxassining omadsizliklari sababi nima?

Baho:
+ | -

"Liverpul" 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi jamoalardan biri bo‘ldi. Mersisaydliklar dunyodagi eng qiyin chempionat bo‘lmish Angliya Premyer-ligasida 92 ochko to‘pladi. Albatta, bu yaxshi natija hisoblanadi. Ammo...

Yurgen Klopp shogirdlari APL doirasidagi 38 o‘yinda ikki marta mag‘lub bo‘ldi - "Vest Xem" (2:3) va "Lester" (0:1). "Bolg‘achilar" ikki burchak to‘pi evaziga “qizillar” ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Lester" omad tufayli o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi (o‘sha uchrashuvda “Liverpul” yaxshi o‘ynadi, ammo shamol “tulkilar” foydasiga ishladi). “Qizillar” uchun esa omadsizlik...

Shu sabablarga ko‘ra, yakunda “Liverpul” chempionlikni qo‘ldan chiqardi.

2018/19 yilgi mavsumda mersisaydliklar 38 o‘yinning bittasida mag‘lub bo‘lgan edi — 97 ochko. Biroq, klub baribir ikkinchi o‘rinni egalladi: “Manchester Siti” 98 ochko bilan yana oltin medalga ega chiqdi. "Qizillar" yagona mag‘lubiyatni aynan "Etihad"da qabul qilib olgan. Yana omadsizlik.

28-may kuni “Liverpul” Chempionlar ligasi finalida “Real”ga yutqazib qo‘ydi (0:1). Ular madridliklar darvozasi tomon 23 ta zarba yo‘lladi. “Qirollik klubi” esa Alissonni bor-yo‘g‘i 4 marta bezovta qildi. O‘yinning taqdirini 59-daqiqada Vinisius tomonidan kiritilga yagona gol hal qildi. Umuman olganda, xG hisob-kitoblariga ko‘ra, "Liverpul" finalda 2,19, "Real Madrid" 0,92 ta gol urishi kerak edi. Ammo bu taxminlar yakunda o‘zini oqlamadi.

Chempionlar ligasi, Liga kubogi va Angliya kubogi finalidan oldin "Liverpul"  6,12 gol urishi xG tomonidan aytildi, lekin birorta ham gol ura olmadi. Shunga qaramay, Klopp shogirdlariga ikkita sovrin nasib etdi: “Liverpul” ichki kuboklarning ikkisida ham “Chelsi”ni penaltilar seriyasidagi omad tufayli mag‘lub etdi.

xG hisob-kitoblariga ko‘ra, “Liverpul” Chempionlar ligasi guruh bosqichidan finalgacha bo‘lgan vaqt davomida 27 ta gol urishi va o‘z darvozasidan 11,5 gol o‘tkazib yuborishi kerak edi. Shuningdek, turnir g‘olibi “Real” o‘z darvozasidan 19,6 ta gol o‘tkazib yuborib, raqib darvozasiga 19,2 ta gol urishi taxmin qilingandi. Biroq unday bo‘lib chiqmadi.

Yurgen Klopp zamonaviy futboldagi eng ko‘zga ko‘ringan jamoalardan birini qabul qilib, "Enfild"dagi yetti yil davomida oltita sovrinni qo‘lga kiritdi: Chempionlar ligasi, Premyer-liga, Angliya kubogi, Liga kubogi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCH. Nemis mutaxassisi "Liverpul" bilan uch marta Chempionlar ligasi finaliga chiqib, faqatgina bittasida g‘alaba qozondi (2018/19 yilgi mavsum “Tottenxem”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan).

"Qizillar"ning 2019/20 yilgi Premyer-ligadagi g‘alabasi ajoyib bo‘ldi: 32 g‘alaba, 99 ochko, atigi uchta mag‘lubiyat. Ammo baribir o‘sha mavsum muxlislar yodida “Liverpul” bilan emas, balki to‘satdan boshlangan pandemiya, o‘yinlarning yozga ko‘chirilishi va bo‘sh tribunalar bilan esda qolgan. Mersisaydliklar haqidagi afsona ko‘rshapalak sho‘rvasining ta’mi bilan buzildi.

Taqdir Yurgen Kloppga juda ham adolatsizlik qilganini ko‘rsatish uchun bu faktlarni sanab o‘tdik. Nemis murabbiyi tomonidan amalga oshirilgan ishlar fonida, Zinedin Zidan kolleksiyasidagi uchta YECHL bosh sovrini, Gvardiolaning to‘rt marta Premyer-ligada g‘olib chiqqani hech narsani anglatmasligini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Chunki ular shakllangan jamoa bilan ishlagan, Yurgen esa barchasini noldan bajargan. Ammo tarixda statistika yoki amalga oshirilgan ishlar emas, balki natija qolishini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Yaqinda "Everton" bosh murabbiyi sifatida ishlagan Karlo Anchelotti “Real” bilan yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va bu borada musobaqa rekordchisiga aylandi: endi uning kolleksiyasida to‘rtta “shalpangquloq” kubok bor. Papa Karlo o‘zi ishtirok etgan 5 ta finalning 1 martasida mag‘lub bo‘lgan. 2005 yil, Istanbuldagi o‘sha uchrashuv yodingizda bo‘lsa kerak. Klopp esa faoliyatidagi uchinchi finalda mag‘lub bo‘ldi: "Liverpul" bilan ikkita, “Borussiya D” bilan 1 marta.

Ehtimol, yuqoridagi natijalarning barchasi hech narsani anglatmasligi, Kloppda Zidan, Anchelotti va Pepni quvib yetish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. Negaki, Yurgenning o‘zi shunday deb o‘ylaydi. U “Real”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin muxlislarni navbatdagi Chempionlar ligasi finaliga ham chiqishni va’da berdi:

“Men Chempionlar ligasi finalida yana o‘ynashimizni his qilyapman. Yigitlar chindan ham raqobatbardoshli, ular ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va keyingi mavsumda ham shunday bo‘ladi. Keyingi yil final qayerda bo‘ladi? Istanbuldami? Tezroq mehmonxonalarni bron qiling”.

Xo‘sh, agar Yurgen ishongan bo‘lsa, nega klub muxlislari ishonmasligi kerak?! Ammo Istanbul finali oldidan klubda bir qancha katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Sadio Mane "qizillar" safini tark etib, “Bavariya”ga qo‘shilishi aytilmoqda. So‘nggi paytlarda Salohning ham ishlari joyida emas: bor-yo‘g‘i to‘rt oy ichida Muhammad Afrika kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi, Misr bilan jahon chempionatiga chiqa olmadi, Premyer-liga oltin medalidan quruq qoldi va "Real"ga ham imkoniyatni boy berib, kubokni Madridga ketishiga imkoniyat yaratib berdi. 29-may kuni "Liverpul" yutgan kuboklari bilan chempionlik paradini uyushtirdi. Ehtimol, bu tarixdagi eng qayg‘uli chempionlik paradi bo‘lgan bo‘lsa kerak.

Bizningcha, taqdir Kloppni yaxshi inson ekanligini yoqtirmagandek tuyuladi. To‘g‘ri, “qizillar” 32 yil ichida bir marta chempionlikni qo‘lga kiritdi va bu yaxshi natija hisoblanmas, lekin baribir "Liverpul" muxlsilar erkatoyi bo‘lib qolmoqda.

Qachondir, balki bir yildan keyin yoki ikki yildan keyin nemis Liverpulni tark etar, ammo ishonamanki, Yurgenni “qizillar” muxlislari hech qachon unutmaydi. U har doim o‘zining tabassumi bilan eslanaveradi.

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:37, 31.05.2022.
O'qildi: 4858 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.