Kirish Ro'yxatdan o'tish

Goreska Levandovskining vaziyati haqida fikr bildirdi

Goreska Levandovskining vaziyati haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreska ushbu mavsumda Myunxenni tark etmoqchi bo‘lgan jamoadoshi Robert Levandovskining kelajagi haqidagi vaziyatga izoh berdi.

“Bu vaziyatda mening fikrim hech narsani o‘zgartirmaydi deb o‘ylayman. "Bavariya" va Levandovski birgalikda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Umid qilamanki, ular murosa topib, yaxshiroq yechim topishadi”, - dedi Goreska Bild nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasi muddati kelasi mavsum oxirigacha tuzilgan. "Barselona" polshalik hujumchi uchun 35 million yevro taklif qilmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda polyak "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 47 o‘yinda 50 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:13, 31.05.2022.
O'qildi: 1352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик