Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘FA prezidenti O‘zbekiston U23 terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA prezidenti O‘zbekiston U23 terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun yurtimiz maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bahslari start oladi. Mezbon O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa guruh bosqichida Turkmaniston, Qatar va Eron vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov Turkmaniston bilan bo‘lib o‘tadigan ilk o‘yin oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Dastlab, futbolimiz rahbari yoshlar jamoamiz oldida turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirdi.

Eng avvalo, terma jamoada o‘ynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo‘lib, Vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obro‘sini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, jamoaning oldida turgan asosiy maqsadlardan biri — Parij Olimpiadasiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish, har bir futbolchi professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilib borishi kerakligi aytildi. Ijobiy natijaga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ma’lum qilindi.



O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Shundan keyin Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminizasiyalash jarayoni borasida ma’lumotlar eshittirildi. O‘FA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirishga ko‘rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich mas’uliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 05:42, 01.06.2022.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик