Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

"Atletiko" sport direktori "Chelsi"da ish boshlashi mumkin

"Atletiko" sport direktori "Chelsi"da ish boshlashi mumkin

Baho:
+ | -

"Atletiko" sport direktori Andrea Berta "Chelsi"da ham xuddi shunday lavozimni egallashi mumkin. Bild  nashri xabariga ko‘ra, mutaxassis Marina Granovskaya ketsa, klubning yangi sport direktori bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, Granovskaya yozgi transfer oynasi vaqtida klubga yordam berish uchun hozircha "Chelsi"dagi o‘z o‘rnida qolishga rozi bo‘lgan, biroq ma’lum vaqtdan keyin Marina "ko‘klar"ni tark etishi istisno qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Marina Granovskaya 2017 yilda o‘sha paytdagi bosh murabbiy Antonio Konte bilan janjal tufayli iste’foga chiqqan Maykl Emenalo o‘rniga "Chelsi" sport direktori lavozimiga kelgan edi.

Kiritildi: 16:02, 01.06.2022.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.