Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

«Oltin» olish cho‘t emas

«Oltin» olish cho‘t emas

Baho:
+ | -

Mana, «ko‘hna qit’a»ning aksariyat milliy ligalarida navbatdagi mavsum yakuniga yetdi.

Yevropaning ichki birinchiliklarida eng ko‘p g‘alaba qozongan klubni bilasizmi? Bu - «Linfild»! Shimoliy Irlandiya chempionati ishtirokchisi yakunlangan mavsum o‘z tarixida 56-marta oltin medal yutib, bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.

Oxirgi mavsumga qadar Yevropada chempionlik soni bo‘yicha ikki klub yetakchilik qilayotgandi - «Linfild» va «Glazgo Reynjers». Shotlandiya jamoa­si bu safar oltin medal uchun kurashda «Seltik»ka bas kelolmadi. Uzoq 1886 yili tuzilgan Belfast klubi esa qatorasiga 4-marta Shimoliy Irlandiya chempioni bo‘lib, oltin medallar soni bo‘yicha Yevropa reytingida mutlaq 1-o‘ringa ko‘tarildi. 

«Linfild» yoxud «Glentoran» (jamoaning yana bir nomi) mamlakat Premyer-ligasida qatorasiga 23 mavsum g‘olib chiqqan - bu ham rekord. Qolaversa, rekordchi klub 22 marta «oltin dubl» (chempionlik + kubok) qayd qilgan. To‘g‘ri, «Linfild» yevrokuboklardagi katta natijasi bilan maqtanolmaydi. Uning eng yaxshi ishtiroki mavsum-1966/1967da kuzatilgan. Belfastliklar o‘shanda Yevropa Chempionlar kubogi turniri chorak finaliga chiqishgandi.

*** Yevropa milliy chempio­natlarida eng ko‘p g‘olib chiqqan klublarning kuchli beshligida qit’ada oldinda turuvchi 5ta liga (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya)dan biror vakil yo‘q. 

*** Yevropa milliy chempionatlarida eng ko‘p g‘olib chiqqan klublarning kuchli uchligida Shotlandiya Prem­er Ligasidan ikki vakil bor - «Reynjers» va «Seltik». Shu ikki klub hisobida naq 107ta chempionlik kubogi bor!

Yevropa klub futbolidagi eng ilG‘or chempionlar

       Klub                 Mamlakat         Marta

1     «Linfild»        SH.Irlandiya             56

2     «Reynjers»       Shotlandiya               55

3     «Seltik»           Shotlandiya               52

4     «Olimpiakos»   Gresiya                      47

5     «Benfika»         Portugaliya               37

6     «Yuventus»         Italiya                      36

      «Ayaks»               Niderlandiya           36

      «Sparta»           Chexiya/CHexoslovakiya        36

9     «Real»              Ispaniya                    35

10   «Anderlext»     Belgiya                    34

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 01.06.2022.
O'qildi: 1823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик