Yarim himoyachi Serxio Buskets Ispaniya terma jamoasida o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi.
Ispanlarning Portugaliya terma jamoasiga qarshi bugungi o‘yini 33 yoshli yarim himoyachi uchun terma jamoadagi 135-o‘yin bo‘ladi, deb xabar beradi Opta.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u «Barselona»dagi sobiq jamoadoshlari - mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etgan Xavi va Inyestani ortda qoldirdi.
Ayni damda Buskets ushbu ro‘yxatda himoyachi Serxio Ramos (180 o‘yin) va sobiq darvozabon Iker Kasilyasdan (167 o‘yin) keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.