Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

O‘FAda “Catapult” sport texnologiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘FAda “Catapult” sport texnologiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugungi kunga kelib zamonaviy futbolda sport texnologiyalarining o‘rni tobora muhim bo‘lib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida har bir futbolchilarning jismoniy holatini monitoring qilish, ularga yuklamalar berish va tiklanish jarayonini to‘la nazorat qilib borishda maxsus sport texnikalari murabbiylarga ko‘makchi hisoblanadi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham barcha terma jamoalarning yig‘inlarini tashkil etishda sport texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda.

Bugun O‘FAda “Catapult” dasturi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur dastur sportchilar harakatini innovasion texnologiyalar orqali tahlil qilib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, undan dunyoning eng yirik sport jamoalari va tashkilotlari keng foydalanadi. Xususan, kompaniya 39 ta sport turi bo‘yicha 2970 dan ortiq jamoalar bilan ishlab keladi.

Dastur o‘zining mikrotexnologiyalari orqali sportchilarni mashg‘ulot va o‘yinlar paytida nazorat qiladi. U tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, ilmiy xulosalarni taqdim etish xususiyatiga ega. Mutaxassislar ushbu sport texnologiyasi yordamida nafaqat mashg‘ulotlar, balki yuklamalar va tiklanish jarayonini ham to‘liq nazorat qilishi va boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Uchrashuv davomida dastur vakillari mazkur tizimni joriy etish imkoniyatlari xususida ma’lumotlar berishdi. O‘z o‘rnida o‘zbekistonlik mutaxassislar ham ushbu texnologiya xususida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. O‘FA rahbariyati kompaniya vakillari bilan ushbu innovasion sport texnologiyasini barcha terma jamoalar uchun tatbiq etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 08:41, 03.06.2022.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.