Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Mojaro: Mundial yo‘llanmasi xavf ostida

Mojaro: Mundial yo‘llanmasi xavf ostida

Baho:
+ | -

Mundialda qatnashish imkoniyatidan umidini uzolmayotgan Chili termasida buni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan da’vo topildi: ushbu mamlakat futbol federasiyasi Ekvador termasi futbolchisi Bayron Kastilyo xususida FIFAga murojaat qildi. Xo‘sh, gap nima haqida, da’voning sababchisi kim? Quyidagi maqola aynan shu mavzuda…

Ekvador termasi yarim himoyachisi aslida kolumbiyalik bo‘lishi mumkin. Chili vakillari Ekvadorning JCH-2022 saralash bosqichidagi Bayron Kastilyo ishtirok etgan 8ta uchrashuvi natijalari bekor qilinishini talab etmoqdalar. Ularning fikricha, Kastilyo qonunga zid tarzda Ekvador fuqaroligini qabul qilgan, aslida, u kolumbiyalik. Chililiklar FIFAga bir qator hujjatlar, jumladan, Bayronning tug‘ilganlik guvohnomasini taqdim etishgan. Unda Kastilyoning Kolumbiyada tug‘ilganligi qayd etilgan. Shuningdek, hujjatlar Bayronning Ekvador taqdim etgan ma’lumotdagidan 3 yoshga katta ekanligini tasdiqlagan.

Chili FF nomidan ish olib borayotgan huquqshunos Eduardo Karlessoning aytishicha, Kastilyoda Ekvadorda berilgan tug‘ilganlik guvohnomasiga qo‘shimcha ravishda, Kolumbiyada berilgan hujjat ham bor. Ularda 1995 yilda tug‘ilgan chaqaloqning ismi ham, ota-onasining ism-shariflari ham bir xil. Ekvador hammasini rad etmoqda, FIFA esa surishtiruvga kirishdi. Ayblovlar ko‘lami keng. Muhimi, ular dalillar bilan tasdiqlangan.

FIFA tegishli hujjatlarni qabul qilib, «Bayron Kastilyoning yuqorida zikr etilgan uchrashuvlarga chaqirilishidagi qonunbuzarlik-lar»ga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi. FIFA Intizom qo‘mitasi kengashiga Chili va Peru vakillari ham taklif etildilar - aynan shu mamlakatlar termalari Ekvador o‘rniga da’vogarlik qilmoqdalar.

Kastilyoning fuqaroligi xususidagi shubhalar ancha avval Ekvadorda paydo bo‘lgan, hozir Chilida tilga olinayotgan xabarlar Ekvador matbuotida yoritilgandi. Bularning barchasi so‘nggi bir necha yil ichida 70 nafar kichik yosh toifalaridagi futbolchilarning ro‘yxatdan o‘tish chog‘idagi qoidabuzarliklar sababli diskvalifikasiya bilan jazolanganlaridan keyin yuz berdi. O‘shanda hammasi bo‘lib 100dan ortiq futbolchi shubha ostida qolgandi.

Qonunbuzarlik tasdiqlansa, JCH yo‘llanmasi nima bo‘ladi? Saralash bosqichida Ekvador terma jamoasi 26 ochko to‘plagan va 4-o‘rinni egallab, Qatar mundialiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish huquqini qo‘lga kiritgandi. Chili esa 19 ochko bilan 7-pog‘onada qolib ketdi. Ekvadorliklar «A» guruhida o‘ynash tadorigini ko‘rishmoqda: ular Qatar bilan chempionatning ochilish uchrashuvida maydonga tushishlari lozim edi.

Agar FIFA Kastilyoning hujjatlaridan kamchilik topolmasa, hech narsa o‘zgarmaydi. Mabodo, xatoliklar topilgudek bo‘lsa, jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi aniq. Ya’ni, Kastilyo qatnashgan barcha o‘yinlarda Ekvadorga texnik mag‘lubiyat, raqib jamoalarga esa g‘alaba yoziladi. 

Saralash bosqichi turnir jadvalidagi (4-7-o‘rinlar) hozirgi holat quyidagicha:

4. Ekvador - 26 ochko

5. Peru - 24 ochko

6. Kolumbiya - 23 ochko

7. Chili - 19 ochko

4-o‘rin sohibi JCHga, 5-o‘rin egasi esa interkontinental «pley-off» to‘qnashuviga yo‘l oladi.

Ochkolar qayta hisoblanganidan keyingi vaziyat quyidagicha:

4. Chili - 24 ochko

5. Peru - 24 ochko

6. Kolumbiya - 23 ochko.

Shu tariqa Ekvador atigi 12 ochko bilan oxirgi o‘ringa tushib ketadi - Kastilyo ishtirokidagi o‘yinlarda jamoa 24 imkoniyatdan 14 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. Xullas, FIFA qarorini kutamiz.

S.RAHMONOV tayyorladi

Kiritildi: 14:30, 03.06.2022.
O'qildi: 3338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.