Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Terma jamoada pragmatik murabbiy ishlagani ma’qulmi?

Terma jamoada pragmatik murabbiy ishlagani ma’qulmi?

Baho:
+ | -

Albatta yanglish mulohazalar bo‘lishi mumkin, lekin baribir yozgim keldi.

Asrimizga kelib klublar o‘rtasidagi musobaqalar qiymati ortib ketganini ko‘pchilik e’tirof etadi. Milliy ligalar, Yevropadagi xalqaro turnirlarning qadri ortishi bilan futbolchilar ham aynan klublarga ko‘proq e’tiborlarini qarata boshlashdi. Yillik futbol taqvimi klublar hisobiga ancha zichlashib ketgan bugun. Ya’ni, milliy jamoada o‘ynaydigan futbolchilar uchun ustuvorlik klubi tomoniga o‘tib bo‘lgandek, menimcha.

Tezlashib ketgan futbolda turli top klublardan, turli top uslublardan kelayotgan futbolchilarni faqat FIFA kunlarining o‘zida tizimga solish, kuchli jihatlar atrofiga o‘yin qurishni uddalash o‘ta murakkab vazifa bo‘lib qolyapti. Shuning uchun milliy federasiyalar bosh jamoada ko‘proq qisqa oraliqdagi turnirlarda natija keltirishi mumkin bo‘lgan, pragmatik murabbiylarga tanlov qilmoqda, chog‘i.

Xayrulla aka eslab o‘tgan barcha misolga qo‘shilsa bo‘ladi va nega bunday degan savolga yuqoridagi sababni keltirgan bo‘lardim. Bunday holatda Ispaniya singari nodir misollar odamga yoqimli hislar beradi. Kuzatish yoqimli. Aksiga olib bu Ispaniya tarkib e’tibori bilan nomi eslangan Portugaliya, Belgiya, Angliya yoki Fransiyadan ancha ortda, menimcha.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz

Аввалроқ Хайрулла Ҳамидов ёзганди:

Тўғри ёзган Қаҳрамон, қўшимчасига менга Англия термаси ҳам, Франция термаси ҳам, охирги Еврода Бельгия ҳам шунақа кўриняпти. Мураббийлари ўта прагматик, осон йўлни танлагандек. Гол уришдан кўра гол ўтказиб юборишдан чўчийдигандек…

Аксига олиб, эътироз билдирсангиз, Сантуш Европа чемпиони бўлганини эслатади, Дешам жаҳонни олганини. Англия термаси тарафдорлари “шу футбол билан финалда ўйнади, пенальтилар сериясида ютқазди, холос” дейишади.

Бунақа пайт нима қилишни ҳам билмайсиз. Э, боре деб, тўрт йил термада ишлаб, французларни тарихида биринчи бор жаҳон чемпиони қилган ва ваъдага мувофиқ жойини янгича қарашларга эга мураббийга бўшатиб берган Эми Жакени қучоқлаб олгингиз келади.

Одам вақтида кетишни ҳам билса-да…

Kiritildi: 15:05, 03.06.2022.
O'qildi: 2371 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.