"Barselona"ning ba’zi futbolchilari klubdagi maoshlarning yana bir marotaba kamaytirilishiga qarshi chiqishdi. Bunga birinchi navbatda Serxio Buskets, Jerar Pike va Xordi Alba qarshi chiqishdi, deb xabar beradi Sport.es.
Avvalroq, "blaugrana" qishda kelgan yoki yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yaqinda shartnomani uzaytirganlardan tashqari, deyarli barcha futbolchilarning maoshini 50 foizga kamaytirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" o‘tgan mavsumni Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda yakunlab, chempionlik uchun kurashda "Real"ga imkoniyatni boy bergan.