Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Zarrux Adashev UFC’dagi to‘rtinchi jangida 1-raunddayoq nokautga uchradi

Zarrux Adashev UFC’dagi to‘rtinchi jangida 1-raunddayoq nokautga uchradi

Baho:
+ | -

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida 4 iyundan 5 iyunga o‘tar kechasi UFC Vegas 56 musobaqasi doirasida Zarrux Adashev oktagonga ko‘tarildi.

Unga bu jangda Zarruxga yamaykalik Ode Osborn raqiblik qildi. O‘zbekistonlik yakkakurashchi jangning birinchi raundidayoq kuchli zarbani o‘tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa Adashev UFC’dagi to‘rtinchi jangida uchinchi bor mag‘lub bo‘ldi.

Adashev bungacha UFC’da uchta jang o‘tkazgan. Promoushendagi ilk jangida 32 soniya ichida nokautga uchrab, Tayson Nemga mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi jangida esa Su Mudaerjiga ochkolar evaziga yutqazgandi. Uchinchi jangida Zarruxga amerikalik Rayan Benua raqiblik qilgan va o‘zbekistonlik sportchi g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, Zarrux UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. Samarqandlik sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:21, 05.06.2022.
O'qildi: 5749 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик