Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Pogba "Yuventus"da yiliga 8 million yevro oladi

Pogba "Yuventus"da yiliga 8 million yevro oladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" tez orada yarim himoyachi Pol Pogba vakillari bilan yangi muzokaralar olib boradi. Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, unda shartnomaning so‘nggi tafsilotlari muhokama qilinadi.

Tomonlar kelishuv bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. 29 yoshli fransiyalik futbolchining maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 8 million yevroni tashkil qiladi.

1 iyun kuni “Manchester Yunayted” Pogbaning tekinga jamoadan ketishini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:27, 05.06.2022.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик