Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Viktor Kumikov: "Afsuski, bizga gol yetishmadi"

Viktor Kumikov: "Afsuski, bizga gol yetishmadi"

Baho:
+ | -

"Yangiyer" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin xususida nima deya olasiz?
— Bugun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Imkoniyatlarni ham yaratdik, faqat gol yetishmadi. "Yangiyer" kuchli beshlikka kirishga harakat qilyapti. Shu sababli ular bilan o‘ynash qiyin kechdi. Hozir bu jamoa yuqoriga intilyapti. Yangi murabbiy jamoani o‘zgartirdi. Oxirgi 6 o‘yinni olsak, ular 2-o‘rinda borishyapti. Afsuski, gol ura olmadik. Aslida o‘yinni reja bo‘yicha o‘tkazdik. Xatolar ham bo‘ldi. Imkoniyatlarni yaratdik, oxirgi zarbani berishda aniqlik yetishmadi. Gol ura olmaganimiz yomon bo‘ldi.

— Bungacha asosan qanot himoyasida o‘ynayotgan Abdurahmon Komilov bugun oldinroqda o‘ynadi. Nima uchun pozisiyasi o‘zgardi?
— Komilov himoyachi emas, yarim himoyachi. Bu uning pozisiyasi. Shunchaki, futbolchini orqada o‘ynatib kelayotgandik.

— Shahboz Erkinov asosiy tarkibdan joy olmadi va zaxiradan maydonga tushirdingiz. Nega?
— Shahboz oxirgi 10 kun jarohat sabab mashg‘ulotlarda qatnashmagandi. Shuning uchun zaxirada qoldirdik.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:14, 05.06.2022.
O'qildi: 1479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.