Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

Zoir Jo‘raboyev: «Mehnatimiz samarasini asta-sekin ko‘ryapmiz»

Zoir Jo‘raboyev: «Mehnatimiz samarasini asta-sekin ko‘ryapmiz»

Baho:
+ | -

Tojikistonlik legioner Zoir Jo‘raboyev «Bunyodkor»ga qarshi so‘nggi o‘yinda «Surxon»ga g‘alaba keltirdi. Uning goli uchrashuvda yagona bo‘ldi. Zoir Jo‘raboyev klub matbuot xizmatiga intervyu berib, «Surxon» haqida gapirdi.

— Zoir, avvalo jamoaning «Bunyodkor»ga qarshi so‘nggi o‘yinida g‘alaba golini urganingiz haqida gapirib bersangiz.
— «Bunyodkor»ga qarshi o‘yin biz uchun katta ahamiyatga ega edi, chunki musobaqa jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilashga urinayotgandik. Jangga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishni xohladik. Murabbiyning ko‘rsatmalarini bajarib, g‘alabaga erishdik.

— Himoyachilar kamdan-kam gol urishadi. Bu siz uchun o‘ziga xos o‘yin bo‘lsa kerak. G‘alaba + g‘alaba goli...
— Ha, bu o‘yin men uchun yaxshi o‘tdi. Golim jamoaga g‘alaba keltirganidan xursandman. Lekin asosiy maqsadim gol urish emas, g‘alaba. Bu g‘alaba butun jamoaning xizmatidir.

— Jamoa haqida bir oz gapirib bering. «Surxon»da qanday jamoa yig‘ilgan?
— Jamoami juda mehnatkash. Har bir mashg‘ulotda bor kuchimiz bilan ishlaymiz va murabbiylar shtabi talab qilgan hamma narsani bajarishga urinamiz. Biz bir oiladekmiz. «Surxon»da hech qanday muammo yo‘q. Bunday jamoada ekanligimdan juda xursandman.

— Ispaniyalik mutaxassislar bilan ishlash qiyin emasmi? Chunki hamma turli tillarda gaplashadi.
— Yo‘q, qiyin emas. Futbol tili hamma uchun bir deyishadiku. Bunday mutaxassislar bilan ishlash oson. Ularning barchasi professional va o‘z vazifalarini yaxshi bajarishadi.

— Mavsum boshi «Surxon» uchun qiyin o‘tdi. Superligadagi ilk g‘alabani uzoq kutishga to‘g‘ri keldi. Jamoa bu bosimdan qanday o‘ta oldi?
— Ha, mavsum boshida juda qiyin bo‘ldi. Lekin o‘yinimiz yaxshi edi. O‘ylaymanki, biz turnir jadvalida egallab turgan o‘ringa loyiq emasmiz. Keyingi bahslarda bu vaziyatdan chiqib ketamiz deb o‘ylayman. Chunki mehnatimiz samarasini asta-sekin ko‘ryapmiz. Biz esa maydonga chiqib, bor kuchimizni ko‘rsatishimiz kerak.

— Siz avval ham O‘zbekiston chempionatida o‘ynagansiz. Aytingchi, chempionat avvalgisiga nisbatan o‘zgarganmi?
— Chempionat yanada tenglashdi. Barcha jamoalar yaxshi tarkibga ega va barcha klublar o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. O‘ylaymanki, chempionat yanada qiziqarli bo‘ldi. Barcha o‘yinlar qiyin. Har bir jamoa har qanday raqibga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

— Himoyachi bo‘lganingiz uchun bir savolni bermasak bo‘lmaydi: Ideal himoyachi qanday bo‘lishi kerak?
— Ideal himoyachi oddiy va ishonchli o‘ynaydigan futbolchidir.

— Dunyoda 1-raqamli himoyachi kim?
— Menimcha, van Deyk hozirda dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Menga uning o‘yini yoqadi. Uni mukammal himoyachi deb o‘ylayman.

— Jamoamizning qaysi futbolchisi haqida: “Surxon"ning eng hazilkash futbolchi” deb ayta olasiz?
— Bu yerdagi barcha yigitlar hazillashishga va yaxshi muhitni saqlashga harakat qilishadi. Ulardan Abdulaziz Yusupovni alohida qayd etish mumkin.

— Kimni “Surxon"ning eng aqlli, kitob o‘qiydigan futbolchisi” deya olasiz?
— Shu o‘rinda tajribali futbolchilarimizni misol qilib keltirishim mumkin. Bular Bobur Akbarov va Zohir Pirimov. Ular katta tajribaga ega va men ularni eng aqlli deb hisoblayman.

— Muxlislarga tilaklaringiz.
— Muxlislarimiz eng qiyin damlarda ham bizni qo‘llab-quvvatlashlarini istayman. Ularning yordamiga muhtojmiz. O‘ylaymanki, biz biroz sabrli bo‘lib, o‘z kuchimizga ishonishimiz kerak. Har bir turda jamoa sifatida kuchliroq bo‘lyapmiz. Muxlislarning yordami uzoq yo‘lni bosib o‘tishga yordam beradi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 15:40, 06.06.2022.
O'qildi: 1632 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz