"Arsenal" yangi mavsum oldidan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Xabarlarga ko‘ra, Bundesliganing ikkinchi divizion vakili "Nyurnberg" klubi "Arsenal" bilan mavsumoldi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
O‘yin 8 iyul kuni "Adidas" kompaniyasi bosh qarorgohi joylashgan Xersogenourax shahrida bo‘lib o‘tadi. "Arsenal" bu mavsumda "Everton", "Orlando Siti" hamda "Chelsi"ga qarshi ham mavsumoldi bahslarini o‘tkazishi belgilangan.