Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

AFC U23. Chorak finaldagi raqibimiz aniq bo‘ldi

AFC U23. Chorak finaldagi raqibimiz aniq bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati "B" guruhida 3-tur o‘yinlari hozirgina yakunlandi. Natijada O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ldi.

So‘nggi turda Avstraliya penaltidan urilgan yagona gol evaziga Iordaniyani mag‘lub etdi va o‘z ochkolarini 7taga yetkazgan holda guruh g‘olibiga aylandi. Bu jamoa "A" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan chorak finalda to‘qnash keladi.

Iroq esa bugun Kuvaytga qarshi maydonga chiqib, irodali g‘alabaga erishdi. Kuvaytliklar 12-daqiqada Yusuf ar-Rashidiyning goli evaziga hisobni ochishgandi. 28-daqiqada esa ushbu futbolchining o‘zi penaltini golga aylantira olmadi. Shundan so‘ng tashabbus iroqliklar tomoniga o‘tdi. Ular tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda yana 2ta gol urib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Natijada Iroq U23 jamoasi 5 ochko bilan "B" guruhida 2-o‘rinni egalladi va chorak finalda O‘zbekistonga qarshi maydonga chiqadi. Chorak final bahsi 11 iyun kuni "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

U23 Osiyo kubogi. "B" guruhi, 3-tur
AVSTRALIYA - IORDANIYA - 1:0
Gol: Rami Najjarayn (61-penalti)
Chetlatish: Tristan Xammud (79, Avstraliya)

IROQ - KUVAYT - 3:1
Gollar: Muntazir Muhammad (35), Moomal Og‘aliy (59), Muhammad al-Baqr (82) — Yusuf ar-Rashidiy (12)
Noaniq penalti: Yusuf ar-Rashidiy (28)

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-yatT-NOchko
1 Avstraliya 3 2 1 0 4-1 7
2 Iroq 3 1 2 0 5-3 5
3 Iordaniya 3 1 1 1 2-2 4
4 Kuvayt 3 0 0 3 1-6 0
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:05, 07.06.2022.
O'qildi: 13709 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.