Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«MYU» yelkasidagi tog‘ni ag‘dardi yoxud «tekinxo‘rlar» tekinga ketmoqda

«MYU» yelkasidagi tog‘ni ag‘dardi yoxud «tekinxo‘rlar» tekinga ketmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bu yozda jamoadagi ayrim katta maosh oluvchi futbolchilaridan qutilmoqda. «Capology» ma’lumotlar markazining xabarida aytilishicha, «qizil iblislar» rahbariyati birgina 2021-2022 yilgi mavsumda tarkib futbolchilarining ish haqi uchun 215 million funt-sterling sarflagan. Quyida jamoadan juftakni rostlayotgan eng qimmat moash egalari haqida gaplashamiz.

Pol Pogba – 15 million 80 ming funt

Pogba «MYU»dagi ikkinchi davrida haftasiga 290 ming funt olish sharti bilan harakat qilayotgandi. Yarim himoyachi jamoani tark etdi va uning keyingi manzili ko‘p ehtimol, «Yuventus» bo‘ladi. Pogba klubda har yili 15 million funtdan ortiq ish haqi olgan. Agarda u yana bir yil «MYU» bilan qolganida, uning 2016 yildan beri olgan ish haqi 90 milliondan oshgan bo‘lardi. Fransiya terma jamoasi a’zosi, ketishidan oldin 3,75 million funtga teng bo‘lgan «sodiqlik bonusi»ni ham qo‘lga kiritadi.

Edinson Kavani – 13 million funt

Urugvaylik futbolchi 2020 yilning yozida jamoaga tashrif buyurgandi. U klub bilan, dastlab bir yillik bitim tuzadi va haftasiga 200 ming funt maosh olish borasida kelishib oladi. Kavani 2021 yilda Janubiy Amerikaga yo‘l olmoqchi edi. Ammo o‘z maoshini 250 ming funt qilish evaziga yana bir mavsum «MYU» bilan qolgan edi. Biroq, klub bu ishidan afsuslandi. Negaki, so‘nggi mavsumni Kavani jarohatlar bilan o‘tkazdi va bor-yo‘g‘i 20 ta bahsda ishtirok etdi.

Xuan Mata – 8 million 320 ming funt

Mata 2014 yilda «Chelsi»dan 37 million funt evaziga xarid qilingan edi. Sobiq Ispaniya terma jamoasi a’zosi mavsum davomida haftasiga 140 ming funtdan maosh olib keldi. Ammo atigi 2 ta APL bahsida qatnashdi, xolos. U tez orada erkin agent sifatida Angliyaning boshqa bir klubiga yoxud MLS jamoasiga yo‘l oladi. Yarim himoyachi o‘zining intervyularidan birida futbolchilar haddan ortiq ko‘p moash olishini tan olgan edi.

Nemanya Matich – 6 million 240 ming funt

Matich 2017 yilda 40 million funtga xarid qilingan edi. Uning transferi boshida Joze Mourinyo turgan. Yarim himoyachi «MYU»dagi yillarining avvalida asosiy tarkib futbolchisi edi. Biroq, so‘nggi paytlarda chetga chiqib qoldi. Matich 2020 yilning yozida «qizil iblislar» bilan 2 yillik yangi shartnoma tuzgandi. O‘sha bitim muddati tugamoqda va u jamoadan ketishga tayyor. Matichdan qutilish orqali «MYU» yiliga 6,24 million funtni tejab qoladi.

Jessi Lingard – 3 million 900 ming funt*

Jessi Lingard «MYU» akademiyasiga 2001 yilda olib kelinadi. O‘shanda u 9 yoshgacha bo‘lgan jamoadan o‘z faoliyatini boshlaydi. Hujumkor futbolchi 2014 yilda, Lui van Gal davrida o‘z debyutini o‘tkazadi. 2016 yilgi Angliya kubogi finali hamda 2017 yilgi liga kubogi finalida gol urgach, Lingardga 4 yillik yangi shartnoma taklif etiladi. Unda haftasiga 75 ming funtlik maosh belgilangandi. «MYU» 2021 yilning yanvarida (Lingard «Vest Xem»ga ketishidan oldin) futbolchi bilan bir yillik bitim tuzadi. O‘sha shartnoma davri yakunlangani tufayli Lingard yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com

* — маошлар миқдори йиллик кўрсатилган

Kiritildi: 11:46, 08.06.2022.
O'qildi: 10985 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.