Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Haqiqiy “zararkunandalar”: zaхirada o‘tirgani uchun “otning kallasiday” maosh oladigan futbolchilar

Haqiqiy “zararkunandalar”: zaхirada o‘tirgani uchun “otning kallasiday” maosh oladigan futbolchilar

Baho:
+ | -

Mana yana bir futbol mavsumi yakunlandi. Shu sabab biz yakuniga yetgan chempionatlarda bo‘lib o‘tgan natijalar va qiziqarli faktlar haqida ma’lumot berishda davom etamiz. Bugun esa odatdagi kabi futbolchilar qayd etgan statistikalarga to‘xtalish niyatimiz yo‘q. Bugun boshqa ma’lumotlarni sizlarga yetkazishga qaror qildik. Ya’ni kuchli beshlik chempionatlarida shunday futbolchilar borki, ular o‘z klubida katta maosh oladi. Ammo o‘shalar jamoasi asosiy tarkib futbolchilari emas. Gap nima haqida ekanligini angladingiz, bizningcha? Qisaqa qilib aytganda, o‘z klubida zahirada o‘tirgani uchun katta maosh oladigan charm to‘p ustalari haqida to‘xtalamiz.

Angliya

“Manchester Yunayted” hujumchilar uchun eng ko‘p pul sarflaydigan klublardan biri hisoblanadi. Bu yerda faqat Krishtianu Ronaldu o‘z oyligini to‘la oqlab olishi mumkin, qolganlari esa shunchaki zahiradan o‘yinni tomosha qilgani evaziga “otni kallasi”day ish haqi oladi. Misol uchun, Edinson Kavani o‘tgan bir yil davomida 10 million yevro ishlab topdi va faqat ikkita gol urishni uddaladi. Ammo urugvaylikda tayyor bahona bor. U o‘tgan mavsum juda ko‘p jarohat oldi va shuning uchun 25 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Ammo Antoni Marsyal mavsumiga 14 million yevro maosh olgan bo‘lishiga qaramay, karyerasidagi eng yomon yillardan birini o‘tkazdi. Fransiyalik futbolchida o‘tgan yili bor-yo‘g‘i bitta gol urishni uddaladi. Hatto unga “Sevilya”ga o‘tish ham yordam bermadi.

Angliya Premyer ligasida boshqa qahramonlar ham bor. Misol uchun,  “Vulverxempton” 2020 yilda 18 yoshli hujumchi Fabio Silvani 40 million yevro evaziga sotib oldi va unga 1 mavsum uchun 5 million yevro maosh tayinladi. Futbolchi o‘tgan mavsumda na gol urdi, na bir assistni o‘z hisobiga yozdira oldi. Qolaversa, qanot himoyachisi Adama Traore mavsumning birinchi yarmini “bo‘rilar” safida o‘tkazdi va u har bir mavsum uchun klubdan 2,7 million maosh olgan. Qishda u "Barsa"ga ijaraga o‘tdi va ish haqini 0,7 millionga kamaytirishga rozi bo‘ldi. Ammo bu uning o‘yiniga ta’sir qilmadi – Adama atigi 1ta gol urgan.

“Aston Villa” a’zosi Bertran Traore 0 gol uchun 3,4 million yevro olgan. Shuningdek, Teo Uolkotni ham unutmasligimiz kerak (6 million). U ham klubi safida eng ko‘p ishlab topadigan futbolchilardan biri hisoblanadi, ammo Teoda foydali ish koeffisiyenti nolga teng. To‘g‘ri, ikkalasi ham qanot yarim himoyachisi hisoblanadi va gol urish ularning ishi emasdir. Biroq, nima bo‘lganda ham katta oylik oldimi, demak uni oqlash kerak, bizningcha.

Italiya

Yanvar oyida Aleksandr Kokorin Italiyada "Yil kulgisi" mukofotini A seriyaning eng yomon futbolchisi sifatida qo‘lga kiritdi. Hayron qolishingiz mumkin, lekin narx nuqtai nazaridan, Kokorin A seriyadagi eng yomon hujumchi emas. Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Simone Zaza o‘tgan mavsumni “Torino”da o‘tkazdi. U ham Sasha kabi A seriyada bir marta ham gol ura olmagan, ammo mavsum davomida Zaza rossiyalik futbolchidan ikki marta ko‘proq - 3,1 million yevro olgan.

“Yuventus”da esa hujumning istalgan pozisiyada o‘ynay oladigan ajoyib iste’dod egasi bor. Bu — Federiko Bernardeski. U ham katta maosh oladi (7.5 million yevro). Ammo Federiko ham butun mavsum davomida bor-yo‘g‘i bitta gol urishni uddalagan. Juda ham achinarli.

Ispaniya

La Ligada ikkita jamoa borki, o‘yinchilarining sifati juda past. Birinchisi - "Espanyol". Bu klubning ikkita hujumchisi chempionatda birorta ham gol ura olmagan - Vu Ley (Ispaniya kubogidagi 1 goli uchun 1,3 million yevro) va Landri Dimata (0 gol uchun 1,2 million yevro).

Ammo, ortiqcha maosh to‘lash borasida chempion - "Real Madrid":

(Sanashda adashib ketmang)

Garet Beyl - mavsumdagi 1 goli uchun 34(!) million yevro maosh olgan (Ispaniyadagi eng yuqori ko‘rsatkich).

Eden Azar - 31,5 million maosh olgan. Uning hisobida ham bir gol bor.

Luka Yovich – “Real” serbning 1 goli uchun yiliga 9,4 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi.

Mariano Dias - bir mavsumda 1 gol urgan. Uning maoshi esa 7,5 millionni tashkil qiladi.

"Real" qanday qilib shunday hujumchilar bilan Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘alaba qozona oldi? To‘g‘ri, “qaymoqranglilar” joniga Benzema va Vini kabi futbolchilar oro kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Bundesligasi va Fransiya chempionatida bu kabi futbolchilar yo‘q. Shuning uchun bu ikki chempionatga to‘xtalib o‘tirmadik.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:15, 09.06.2022.
O'qildi: 7509 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.