Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Stefano Pioli: «Eng yaxshi iltifot futbolchilarning quchoqlashidir»

Stefano Pioli: «Eng yaxshi iltifot futbolchilarning quchoqlashidir»

Baho:
+ | -

11 yillik tanaffusdan so‘ng Italiya chempionligiga erishgan «Milan» klubi ustozi Stefano Pioli DAZN nashriga bergan intervyusida ko‘pchilikni qiziqtiradigan mavzularda gapirdi.

Eng yaxshi maqtovlar haqida 

- Yigitlar meni quchoqlashganda, ularning hurmatini his qilaman. Ana shu eng yaxshi iltifotdir. 

Jamoa haqida 

- Natijalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Jamoa ichida ajoyib muhit hukm­ron. Kiyinish xonasida ijobiy harorat paydo bo‘lsa, biz murabbiylar uchun ham ishlash osonroq bo‘ladi. Tajribali futbolchilarimiz yoshlarga yordam berishdi. 

Mavsumning hal  qiluvchi o‘yinlari haqida 

- Ikkitasini alohida ta’kidlashni istardim. Birinchisi, derbidagi irodali g‘alaba. Ikkinchisi esa kubokdagi mag‘lubiyatdan keyin Rimda «Lasio» ustidan erishilgan ajoyib muvaffaqiyat. Aynan shu yutuq burilish nuqtasiga aylandi. 

O‘zining shtabi haqida 

- Bunday qobiliyatli yordamchilarim borligidan baxtiyorman. Ular menga har bir o‘yin bo‘yicha faqat kerakli ma’lumotlarni taqdim etishadi. Bizning o‘z kundaligimiz bor va unga jiddiy e’tibor qaratamiz. Meni to‘p nazorati mutlaqo qiziqtirmaydi, muhimi - hududiy ustunlik, yaratilgan imkoniyatlar, to‘pni qaytarish foizining yuqoriligi. Jismoniy holat bo‘yicha raqamlar muayyan futbolchilarning ko‘proq narsaga qodirligidan dalolatdir. Bundan tashqari, mashg‘ulot hissi ham katta rol o‘ynaydi va bu sizga yigitlar nimani his qilishayotganini yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Tabiiyki, keyin xotirjam tanlov qilasiz. 

Shogirdlar qalbini zabt etish haqida 

- Kim bilan ishlayotganimni tushunishni xohlaydigan murabbiyman. Oldimda nafaqat futbolchi, balki haqiqiy odamlar turgandir, to‘g‘rimi? Yigitlarimdan ko‘p narsa kutaman, lekin men ham ularni tushunishni, istaklarini bilishni yaxshi ko‘radigan murabbiyman. Hammani tinglash orqali jamoani boshqarish bo‘­yicha foydali g‘oyalarga ega bo‘lishingiz mumkin. 

O‘z taraqqiyoti haqida 

- Har doim ma’lumotlarga asoslangan holda ishlashga harakat qilganman. O‘zgarishlarga tayyor yigitlar borligini tushunganimda, o‘yin qadriyatlarini saqlab qolish muhimligini his qildim. 

Yangi mavsum  tayyorgarligidagi  o‘zgarishlar haqida 

- Yangi mavsum aksariyat o‘yinchilar uchun birgalikdagi uchinchisidir va bu tamoman boshqacha bo‘ladi. G‘oyalarimiz juda ko‘p va biz har qanday sinovlarga tayyormiz. 

Keyingi mavsum haqida 

- Biz juda ko‘p his-tuyg‘ular va ijobiy narsalarni kutamiz. Italiya va Yevropada o‘zimizni ko‘rsatish istagi bilan o‘ynashimiz kerak. Buning uchun albatta, qat’iyatlik va jiddiy tayyorgarlik kerak bo‘ladi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 08:30, 10.06.2022.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик