Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Futbol tarixidagi eng qimmat butsa shartnomalari: Messi, Ronaldu, Neymar va boshqalar...

Futbol tarixidagi eng qimmat butsa shartnomalari: Messi, Ronaldu, Neymar va boshqalar...

Baho:
+ | -

Dunyoning eng mashhur sport tovarlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan «Adidas», «Nike» hamda «Puma» korxonalari futbol olamida katta o‘ringa ega. Ular jahonning yulduz futbolchilari bilan tijoriy shartnomalar tuzish orqali ham o‘z mahsulotlarini reklama qilib kelishmoqda. Shunday buyumlardan biri bu butsalardir. Futbolchilar uchun muhim ashyo sanalgan futbol poyabzallari, yulduzlar tomonidan reklama qilinadi. Qarabsizki, ishlab chiqaruvchilarning oshig‘i olchi. Quyida futbol dunyosidagi eng qimmat sanalgan o‘nta «butsa bitimlari»ni sanab o‘tiladi.

10. Muhammad Saloh – Adidas (2,5 million funt)

«Liverpul» hujumchisi so‘nggi uch yoki to‘rt mavsumdan beri yuqori daraja namoyish etib kelmoqda. Saloh o‘z yurti bo‘lgan Misrda ham «Pepsi» hamda «Vodafone» bilan bitimlar tuzgan. Uning nemis kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasida «Adidas»ning X18 butsalarini kiyish orqali yiliga 2,5 million funt olishi ko‘zda tutilgan.

9. Marko Veratti – Nike (2,5 million funt)

Ko‘plab italiyalik futbolchilar asosan «Puma» bilan shartnoma imzolaydi. Ammo Veratti ular ichida emas. «PSJ» futbolchisi 2017 yilda «Puma» bilan bitimini tugatib, «Nike» bilan shartnoma tuzgandi. Shundan buyon Veratti Amerika kompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Phantom III» butsasini kiyib keladi.

8. Pol Pogba – Adidas (3 million funt)

Fransuz futbolchisi jahon futbolida katta marketing ob’ekti sifatida qaraladi. Bunga sabab esa Pogbaning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilarining ko‘pligidir. U 2014 yilda «Adidas» bilan umumiy qiymati 30 million funtga teng bo‘lgan 10 yillik bitim imzolagandi.

7. Antuan Grizmann – Puma (3,5 million funt)

Grizmann «Puma»ni Yevropadagi eng katta yuzidir. U nemis korxonasi bilan 2015 yilda, yillik qiymati 3,5 million funt bo‘lgan bitim tuzgandi. «Puma» futbolchiga atab, cheklangan miqdordagi NETFIT Grizi nomli mahsulotni tayyorlagan.

6. Garet Beyl – Adidas (4 million funt)

Beyl so‘nggi yillarda maydonda kam ko‘rinish berayotganiga qaramasdan, «Adidas»ning muvaffaqiyatli marketing siyosatini amalga oshirib kelmoqda. Uelslik hujumchi «EA Sports» hamda «Lucodze» brendi bilan ham hamkorlik qiladi.

5. Mario Balotelli – Puma (5 million funt)

31 yoshli hujumchi hozirda Turkiyaning «Demirspor» klubi vakili sanaladi. Ammo bir paytlar Balotelli «Milan»da porlagan va Yevropaning kelajagi porloq futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. U dastlab, «Nike» bilan, keyin esa «Puma» bilan 10 yillik bitim imzolaydi.

4. Kilian Mbappe – Nike (14 million funt)

Mbappe bu borada Ronaldu hamda Messiga eng yaqin futbolchilardan biri hisoblanadi. «Nike» u bilan bitim tuzish uchun qattiq kurashdi va 2019 yilda 10 yillik shartnomaga erishdi. Ushbu hujjat Mbappega 10 davomida jami 140 million funt foyda olib keladi.

3. Krishtianu Ronaldu – Nike (15 million funt)

Ronaldu «Nike» bilan umrbodga bitim tuzgan uchta sportchidan biridir. Qolgan ikkitasi basketbolchilar Maykl Jordan hamda Libron Jeyms edi. Ronalduning shartnoma qiymati 780 million funt ekani aytiladi.

2. Lionel Messi – Adidas (18 million funt)

Xuddi Ronaldu singari Messi ham «Adidas» bilan bir umrlik bitimga imzo chekkan. 34 yoshli yulduz hozirda «Adidas Messi» nomi ostidagi shaxsiy brendini yaratgan. Aytishlaricha, uning ham «CR7» kabi bozori chaqqon.

1. Neymar – Puma (23 million funt)

Neymar 2020 yilda nafaqat futbol, balki butun sport tarixidagi eng qimmat shartnomaga ega chiqadi. Bu qiymat Mecsi va Ronalduni ham ortda qoldirgan edi. «Puma» Neymarga qanchalik uzoq muddat bunday katta mablag‘ to‘lab kelishini hech kim bilmaydi. Ammo hozirda bu jarayon davom etmoqda.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 15:09, 10.06.2022.
O'qildi: 4470 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.