Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Voleybol ramzi

Voleybol ramzi

Baho:
+ | -

Ustozlar haqida yozib turaman, bilasiz. Bugun e’tiborimiz markazida Rixsitilla Umarov. Sportchilikdan sharhlovchilikka o‘tgan kam sonli mutaxassis. Rixsitilla aka voleybol bo‘yicha sport ustasi bo‘lganlar. Garchi keyinchalik universal sharhlovchiga aylangan bo‘lsalarda, voleybolga sodiq qolib, yirik turnirlarda birinchi bo‘lib shu turni tanlaydilar.

R.Umarov bilgan ma’lumotlarni Google va Wikipedia bilmaydi. Fenomenal xotira va faktlarni o‘z vaqtida qo‘llash uslubi. Ancha yillar oldin Rixsitilla aka bilan endi birga ishlashni boshlagandagi bir epizod: Andijonda Respublika darajasidagi katta sport o‘yinlari, yoritishga borganmiz. Hamma o‘z sport turlari bo‘yicha yangiliklar dasturi uchun reportaj tayyorlashi kerak (ma’lumotlar olinadi, yangiliklarga mos matn yozadi va ovozlashtiriladi). Montajga Rixsitilla aka kirib keldilar va shoshib turib 2 daqiqa navbatsiz vaqt so‘radilar. Hali matn yozmagansizku desam, qo‘llaridagi o‘yinlar natijasi yozilgan qog‘ozni ko‘rsatib - shu yetarli dedilar. Xop. O‘tirib o‘sha natijalar asosda xuddi matn o‘qigandek qilib reportajni bir urunishda ovozlashtirib, 2 daqiqada chiqib ketdilar. Vau deganimcha qoldim.

Lekin shu darajadagi ijodkor futbolga aralashmaydilar, zo‘r tushunsalar ham. Ichida yurmaganlari, to‘liq e’tiborlarini unga qaratmaganlari uchun. Buyam professionallik. Har bir sport turining ramziga aylangan sharhlovchilar bo‘ladi. Boksda Gendlin, basketbolda Gomelskiy va boshqalar. Rixsitilla Umarov, shubhasiz, voleybol siymosi. Yana ko‘plab sport turlari bo‘yicha kamyob sharhlovchi.

Fotolarda esa voleybol terma komandasi a’zosi bo‘lgan paytlari, Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hozirgi prezidenti Tomas Bax, o‘sha paytdagisi Xuan Antonio Samaranchni ko‘rishimiz mumkin.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 16:05, 10.06.2022.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик