Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Temur Kapadze: «11 kishi bo‘lganimizda, bu o‘yinda osonroq g‘alaba qozongan bo‘lar edik»

Temur Kapadze: «11 kishi bo‘lganimizda, bu o‘yinda osonroq g‘alaba qozongan bo‘lar edik»

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi chorak final doirasidan o‘rin olgan dramatik bahsdan so‘ng jamoamiz murabbiyi Temur Kapadze va Jasur Jaloliddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

– Qizil kartochka o‘yinga qanday darajada ta’sir qildi? (savol ham murabbiy, ham futbolchiga)
– Avvalambor, xalqimizni g‘alaba bilan taqdirlayman. Ular bizni oxirigacha qo‘llashdi. Qizil kartochka kutilmagan holat bo‘ldi. Erta 10 kishi bo‘lib qolganimiz katta qiyinchilik tug‘dirdi. Shunday bo‘lsa ham yigitlar ruhan sinib qolishmadi, buning uchun ularga rahmat. Asosiysi, g‘alaba qozondik. (T.Kapadze)

— Murabbiyimning gaplariga qo‘shilgan holda shuni aytamanki, bugun stadionda til bilan ta’riflashga ojiz atmosferani ko‘rdik. Xuddi Yevropa Chempionlar ligasiga o‘ynagandek bo‘ldik. Qizil kartochka katta ta’sir o‘tkazdi. Bu bizni qanday kuchli ekanimizni ko‘rsatishga sabab bo‘ldi. Shunday o‘yinlar orqali biz katta tajriba olamiz. Yana bir bor bizni ajoyib qo‘llab-quvvatlab turgan tomoshabinlarga tashakkur aytamiz. (J.Jaloliddinov).

– Yarim finalda qaysi jamoa tushishini xohlaysiz?
– Yaponiya ham, Koreya ham kuchli. Lekin bu taqdirga bog‘liq. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha bilan to‘qnash kelamiz. Ikkala jamoaga ham omad tilab qolaman. (T.Kapadze)

– Arab o‘yinini oldindan bilamiz. Yigitlar bilan avvalroq bunga tayyorgarlik ko‘rilmaganmidi?
– Bu borada futbolchilarga tushuntirish ishlari olib boriladi. Lekin hammada har xil ruhiyat, psixologiya bor. Ular maydonga jangovor ruhda tushishadi. O‘sha vaziyatda darvozabonimizning o‘zi bizning foydamizga qo‘pollik ishlab olishi mumkin edi. Bu biz uchun katta saboq bo‘ldi. (T.Kapadze)

– Ne’matovning qizil kartochka olgani keyingi o‘yinda biz uchun qanchalik katta yo‘qotish?
– U jamoamizdagi yetakchilardan biri. Uning tajribasi kattaligini inobatga olsak, bu biz uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Futbolda jamoada 23 o‘yinchi bo‘ladi. Keyingi uchrashuvda zaxira darvozabonimiz bilan kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. (T.Kapadze)

– Birinchi goldan keyin va hisob tenglashtirilgan vaqt orasidagi reaksiyangizni tasvirlab bersangiz...
– Qizil kartochka sabab 1 kishi kam bo‘lib, qiyin vaziyatga tushib qoldik. Yigitlarga ishonar edim. 11 kishi bo‘lganimizda, bu o‘yinda osonroq g‘alaba qozongan bo‘lar edik. Oxirigacha o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad sari harakat qildik va haqli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman. (T.Kapadze)

– O‘yingacha bo‘lgan mashg‘ulot jarayonida ekstra taym va penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rilganmidi?
– Albatta, kecha mashg‘ulot davomida penaltilar seriyasini mashq qilgan edik. Bungacha shogirdlarimga har qanday vaziyatga tushib qolishimiz mumkinligi, barchasiga tayyor bo‘lishimiz kerakligi haqida aytib o‘tganman. To‘g‘ri, erta qizil kartochka olganimiz ozroq hayajonga solgan bo‘lsa ham, bunday vaziyatlarga tayyorlangan edik. (T.Kapadze)

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 00:55, 12.06.2022.
O'qildi: 7556 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.