Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nkunku "Leypsig" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Nkunku "Leypsig" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Kristofer Nkunku “Leypsig” bilan yangi shartnoma imzolash arafasida.

LVZ xabariga ko‘ra, uning yangi shartnomasi bo‘lajak transfer oynasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 50 million funt sterling (62 million dollar) tovon pulini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq, futbolchi uchun "Liverpul", "Chelsi", "Milan" va "Manchester Yunayted" da’vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.

Nkunku 2021/22 mavsumda Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda “Leypsig” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Umuman olganda, Nkunku “buqalar” safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:50, 13.06.2022.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.