Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Roma" portugaliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Roma" portugaliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

“Roma” “Valensiya” hujumchisi Gonsalo Gedeshga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Tuttosport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "jallorossi" rahbariyati hujumchi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor, chunki ular jamoa Italiya chempionatining keyingi mavsumi yakunida kuchli to‘rtlikka kirishini kutmoqda.

Gedesh "Roma"ga transferini ko‘rib chiqadi, ammo "Valensiya" bilan 2024 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lishi ham mumkin.

Joriy mavsumda 25 yoshli portugaliyalik ispan klubi safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt Gonsaloni 40 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 08:13, 13.06.2022.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик