«Bavariya» Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunladi — yarim final qarama-qarshiligida Myunxen klubi «PSJ»ga umumiy 5:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Myunxenda o‘tgan javob uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Maydon egalari faqat 94-daqiqaga kelibgina Xarri Keynning sa’y-harakatlari bilan parijliklar darvozasiga yo‘l topa olishdi.
«Bavariya» doim Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir, ammo men voqelikka oqilona yondashishga harakat qilaman. Klub 60-70 yil ichida ushbu turnirda olti marta zafar quchgan. Hatto eng zo‘r jamoalar ham, agar «Real»ni hisobga olmasak, o‘rtacha har o‘n yilda bir marta g‘olib chiqishadi. Bu naqadar qiyin ekanligini tushunib turibman, biroq joriy mavsumda muvaffaqiyatga erishish uchun bizda imkoniyatlar bor edi. Hammasini mayda detallar hal qiladi — balki kelasi yili ular bizning foydamizga ishlab qolar», — dedi «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani o‘z intervyusida.
Myunxenliklarning Chempionlar ligasidagi hozircha oxirgi zafari 2020 yilga to‘g‘ri keladi.













