Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

So‘ngan yulduzning so‘nmagan umidlari: Eden Azar Ispaniyada qanday hayot kechirmoqda?

So‘ngan yulduzning so‘nmagan umidlari: Eden Azar Ispaniyada qanday hayot kechirmoqda?

Baho:
+ | -

Eden Azar 2019 yilda «Real Madrid» tomonidan sotib olinadi. Mana uch yildirki, futbol ixlosmandlari 31 yoshli hujumchining qaytishini kutmoqda. Ammo Azar «Chelsi»dagi kabi yuksaklikka erisha olmadi. Uning omadi kelmayapti. «Qirollik klubi» futbolchi uchun 88,5 million funt sarflagandi. Agarda bonuslari bilan qo‘shib hisoblaganda, bu qiymat 100 milliondan oshib ketadi. Biroq, belgiyalik yulduz YECHL finalida «Liverpul»ga qarshi hatto maydonga ham tushirilmadi. Uning maydondagi ishi yaxshi emasligi rost. Ammo maydondan tashqarida hammasi joyida. Quyida shu haqida qisqacha so‘z boradi.

Eden Azar ayni damda o‘z oilasi bilan Madrid shahridagi hashamatli saroymonand uyda kun kechirmoqda. Ushbu uyning narxi qariyb 10 million funtga teng. Uy «La Finka» deb nomlanuvchi mavzega yaqin bo‘lib, u yerda «Real»ning qolgan futbolchilari istiqomat qiladi. Uy ispan arxitektori Xuakin Torres tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, o‘zining qora rangli toshli qatlami va jihozlanishi bilan ajralib turadi.

Hashamdor uy o‘z ichiga oltita yotoqxona hamda o‘ndan ortiq vannani oladi. Bu sharoitlarning barchasi faqat besh kishi: Azar, uning ayoli Natasha va o‘g‘illari Yannis, Leo hamda Semiga xizmat qiladi. Sobiq «Chelsi» futbolchisining uyida basseyn va trenajor zali ham mavjud. Qulayliklar esa faqat bu bilan cheklanmaydi. Shuningdek, Azarning koshonasida siz, SPA, maxsus dam olish uskunalariga ega xona va tennis maydonchasini uchratasiz. Oila kechki paytlari birgalikda uy kinoteatrida istagan dasturini tomosha qilishi mumkin...

Uyning narxiga yarasha zamonaviy jihatlari ham anchagina. Butun boshli uy yuqori darajali aniqlikda ishlaydigan va sun’iy ong orqali boshqariladigan avtomatik tizimga ega. Bu esa yashovchilarga maksimal qulaylik yaratib beradi. Uyning ayrim xonalari devori yirik-yirik billurlar bilan bezatilgan bo‘lib, bu narsa xonani hech qanday elektr tokisiz tabiiy nurni akslantirish orqali yoritish imkonini beradi.
Eden Azar bunday uyni mashhur ispan xonandasi, 17 karra «Gremmi» mukofoti g‘olibi Alexandro Sansdan xarid qilgandi. Shunga qaramay, bu uy futbolchiga omad keltirmadi. Chunki u asosiy jamoasi bo‘lgan «Real»da muvaffaqiyat qozona olmayapti. Ammo Azar taslim bo‘lishni o‘ylagani yo‘q va oldinga intilmoqda. Xususan, u YECHL sovrinini nishonlash kechasida «Real» muxlislariga keyingi mavsum umuman boshqacha bo‘lishi haqida va’da bergandi.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:17, 13.06.2022.
O'qildi: 4210 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.