Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Everton" 70 million yevro ishlab olmoqchi

"Everton" 70 million yevro ishlab olmoqchi

Baho:
+ | -

"Everton" hujumchisi Risharlison jamoani 70 million yevrodan kamiga tark etmaydi.

Manbaga ko‘ra, "Everton" futbolchini "Uotford"dan xarid qilganida shartnomada keyingi transfer summasining 10 foizini sobiq klubi olishi haqida band bor.

Shuning uchun klub yetakchi futbolchisi uchun imkon qadar ko‘proq pul olishni istaydi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi 2018 yilda 39 million yevro evaziga “irislar” safiga qo‘shilgan edi.

Risharlison o‘tgan mavsumda mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:16, 13.06.2022.
O'qildi: 1453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.