Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" ham Botmandan voz kechmoqchi

"Nyukasl" ham Botmandan voz kechmoqchi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Lill" himoyachisi Sven Botmanni sotib olishdan voz kechishga tayyor.

The Telegraph xabariga ko‘ra, fransuz klubi avvaliga niderlandiyalik futbolchini 30 million funt sterlingga (deyarli 35 million yevro) sotish taklifini qabul qilgan, biroq keyin fikridan qaytgan va 36 million funt (taxminan 42 million yevro) talab qilgan.

"Qarg‘alar"ning transfer byudjeti 80-100 million funt (93-117 million yevro)ni tashkil qiladi va ular o‘yinchilar uchun ortiqcha pul to‘lamoqchi emas.

"Nyukasl" "Lill"ning qaroridan norozi va fransuzlar fikrini o‘zgartirmasa, muzokaralardan voz kechib, boshqa transferlarga o‘tishi aytilmoqda.

Oldinroq "Milan" ham Botmanga da’vogar ekani xabar qilingandi.

Kiritildi: 22:59, 13.06.2022.
O'qildi: 1433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.