«PSJ» himoyachisi Serxio Ramos Madrid klubini tark etgan sobiq jamoadoshi Marselo haqida gapirdi.
«Marselo, bugun xayrlashyapsan, ammo klubga bergan mehnating mangu qoladi. Seni imkonsiz narsalarga erisha olganing bilan tabriklayman», - deb yozadi Ramos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Marselo 2007 yilda «qaymoqranglilar» futbolchisiga aylangandi. O‘shandan beri braziliyalik himoyachi barcha musobaqalarda 545 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urgan va 103 ta golga assistentlik qilgan.