Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grizmann Zidanga yetib oldi

Grizmann Zidanga yetib oldi

Baho:
+ | -

13 iyun, dushanba kuni Millatlar ligasi doirasidagi Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv xorvatlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 31 yoshli futbolchi uchun bu terma jamoa safidagi 108-o‘yin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Grizmann Zinedin Zidanga yetib oldi. Ikkalasi ham terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Bu borada Grizmann eng yaqin bo‘lgan futbolchi Olivye Jiru bo‘lib, u 112 o‘yin o‘tkazgan. Fransiya terma jamoasi rekordchisi Lilian Tyuram hisoblanadi - 142 ta o‘yin.

Kiritildi: 09:57, 14.06.2022.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.