Londonning “Tottenxem” klubi malilik yarim himoyachi Iv Bissumaning transferi borasida “Brayton” bilan kelishib oldi.
The Times xabariga ko‘ra, London klubi boshliqlari shu haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan, 25 yoshli malilik futbolchining transferi borasida "chaykalar" bilan kelishib olishgan. Eslatib o‘tamiz, “shporlar” afrikalik futbolchi uchun taxminan 30 million yevro to‘laydi.
Iv Bissuma o‘tgan mavsumda "Brayton" tarkibida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













