Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Timur Kapadze: «Yaponiya kuchli jamoa, ammo uning zaif tomonlar ham bor»

Timur Kapadze: «Yaponiya kuchli jamoa, ammo uning zaif tomonlar ham bor»

Baho:
+ | -

Ertaga 15 iyun kuni yurtimizda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun Yaponiyaga qarshi maydonga chiqadi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze yarim final oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yarim final haqida
Albatta yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Har bir uchrashuvda qiyinchiliklar bo‘ldi. Lekin muhimi biz keyingi bosqichga chiqdik.

Tiklanish haqida
Ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama charchashlar bor. Bu o‘yinda ko‘p kuch sarfladik. Biroq tiklanish jarayoni ham reja bo‘yicha ketyapti. Ertangi o‘yingacha tayyor bo‘lib ulguramiz.

Raqib haqida
Yaponiyani ko‘rib chiqdik, bu jamoa har doim kuchli bo‘lgan, taktik jihatdan ham yaxshi jamoa hisoblanadi. Lekin har bir jamoada o‘ziga yarasha zaif tomonlari bo‘ladi. Biz ham ulardan unumli foydalangan holda g‘alaba qozonamiz deb umid qilamiz.

Yaponiya hujumni yaxshi tashkil etadi. Lekin biz ham g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Bu yo‘lda bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Avvalgi o‘yinlar haqida
Har bir uchrashuvimiz har xil o‘tdi. Raqiblarimizni nozik taraflarini topishga harakat qildik. Ertangi o‘yinda ham o‘z o‘yinimizni namoyish etib, munosib qarshilik ko‘rsatamiz.

Jamoaning ruhiy holati
Ne’matov katta yo‘qotish. Lekin o‘zingiz ko‘rdingiz, chetlatishdan keyin futbolchilar o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Natija uchun harakat qildik. Shu sababli jamoaning ruhiy holati yaxshi. Futbol aslida shu. Har birimiz bir birimizni to‘ldirib boramiz. Bizda yaxshi futbolchilar yetarli.

Qo‘shimcha bo‘limlar va penaltiga tayyorgarlik haqida
Har bir vaziyatga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Jismoniy tomondan ham ishlab boryapmiz. Muhimi, futbolchilarimga ishonaman.

Muxlislar
Ishqibozlar bilan futbol albatta boshqacha. Ular bizga katta motivasiya va qo‘shimcha kuch beryapti. Lekin hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har qanday vaziyatga tayyormiz. Muhimi biz yurtimizdamiz va ularni qo‘llab-quvvatlashini his qilib turamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:11, 14.06.2022.
O'qildi: 4300 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.