Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Ot izini toy bosar”: Erling “Manchester Siti”dagi birinchi Xoland emas

“Ot izini toy bosar”: Erling “Manchester Siti”dagi birinchi Xoland emas

Baho:
+ | -

Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tishi kecha rasman yakunladi. Malum bo‘lishicha, u ilgari “shaharliklar” safida to‘p tepgan otasi Alf-Inge ortidan borgan. Shu sabab bugun biz katta Xolandning ingliz klubi safidagi faoliyatini eslashga qaror qildik.

"Manchester Siti" Erling Xolandni bolaligida “shaharliklar” libosini kiygan suratlari bilan tanishtirdi. Hujumchining o‘zi ham bolaligidanoq bu klubga muxlislik qilishini tan oldi. Uning otasi “Manchester Siti”da o‘ynaganini hisobga olsak, bunga ishonish mumkin. Alf-Inge 2000 yilda "shaharliklar" lageriga ko‘chib o‘tdi. To‘g‘ri, Erling otasini klub libosida ko‘rmagan, chunki u 2000 yilda tug‘ilgan va 2003 yilda Alf-Inge "Manchester Siti"ni tark etgan edi.

Alf Xoland tayanch yarim himoyachi sifatida o‘ynagan. Ba’zida hujumkor pozisiyada, ba’zan esa himoyaning o‘ng qanotida ham harakat qildi. Shunga qaramay, katta Xolandning asosiy pozisiyasi tayanch yarim himoya zonasi edi.

Faoliyatini vatanida, “Bryune”da boshlagan. Qizig‘i shundaki, Xoland hech qachon bu klub tarkibida oliy divizionga chiqmagan. Biroq, bu uning Angliya Premyer ligasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilmadi. Buning ajablanadigan tomoni yo‘q, chunki Xoland terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan. U 1994 yilgi jahon chempionatida Meksika va Italiya termalariga qarshi 90 daqiqadan maydonda harakat qilgan. Ammo yakunda skandinaviyaliklar pley-offga chiqa olishmagan.

1994 yilning qishida yarim himoyachi “Nottingem Forrest”ga ko‘chib o‘tdi. Asta-sekin Xoland jamoaning asosiy o‘yinchisi va yetakchilaridan biriga aylandi. 1996/1997 yilgi mavsum oxirida "o‘rmonchilar" Premyer-ligani tark etishdi, ammo norvegiyalik keyingi uch yil davomida "Lids" sharafini himoya qildi.

"Tovuslar" o‘sha mavsum o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini o‘tkazishdi. Klub tomma’noda Angliya va Yevropani hayratda qoldirdi. To‘g‘ri, Xoland 1999/2000 yilgi mavsumga kelib bazadagi o‘rnini yo‘qotdi, shuning uchun uni o‘sha yorqin jamoaning yetakchisi deb to‘liq atash mumkin emas. 2000 yilning yozida Xoland elitaga yangi qo‘shilgan "Manchester Siti" tarkibiga o‘tdi. "Shaharliklar" lagerida yarim himoyachi asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va jamoa yetakchilaridan biri bo‘ldi. Klubning o‘sha paytdagi tarkibi ham yaxshi edi – Andrey Kanchelskis, Jorj Vea, Paulo Vanchope, Pol Dikov, Shon Rayt-Filips kabi futbolchilar o‘ynagan.

Umuman olganda, Xoland faoliyatini Roy Kin tomonidan yetkazilgan jarohat tufayli yakunlagan. 1997 yilning sentyabrida, norvegiyalik futbolchi “Lids”da o‘ynab yurganida, “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda irlandiyalik futbolchi bilan to‘qnashib ketadi. Kin esa oyog‘idan jiddiy jarohat oldi. Katta Xoland dastlab Kinni bahona qilayotgan deb o‘yladi va uni o‘rnidan turishga hamda vahimani bas qilishga undadi. Ammo irlandiyalikning jarohati jiddiy edi. Futbolchini zambilda olib ketishdi. Shundan keyin yarim himoyachi salkam bir yil maydondan chetda qoldi. 2001 yil 21 aprel oyida bo‘lib o‘tgan Manchester derbisida irlandiyalik raqibidan revansh oldi. 85 daqiqaga kelib, hisob 1:1 bo‘lib turgan edi. O‘sha paytda Roy raqibiga jiddiy jarohat yetakazdi. Zarbaning kuchi shunday ediki, norvegiyalikning oyoqlari osmonga uchib ketdi va chalqanchasiga chimga yiqildi. Kin qizil kartochka olib, maydonni tark edi va norvegiyalikga nimadir dedi.

Keyinchalik Kin buni ataylab qilinganini tan oldi: “Men ataylab qildim. Oyog‘iga bor kuchim bilan zarba berdim. Qanaqa bo‘lar ekan?! Yana tabassum bilan yonimga yaqinlashishga urinib ko‘ring va bahona qilayotganimni ayt”, — deb yozgan irlandiyalik.

Shundan keyin katta Xolandning faoliyatini shu tufayli yakunlagan degan farazlar paydo bo‘ldi. Biroq, unday emas. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Jo Royl o‘zining avtobiografiyasida bu epizodni eslab, Xoland Kinni ko‘rganini, oyog‘ini ko‘tarishga muvaffaq bo‘lganini, ammo zarba kuchli bo‘lib chiqqanini aytdi. Biroq, unda jiddiy jarohat yo‘q edi. Qolaversa, Manchester derbisidan bir hafta o‘tib norvegiyalik futbolchi "Vest Xem"ga qarshi 68 daqiqa o‘tkazdi va Premyer-liganing ikki o‘yini oralig‘ida Norvegiya terma jamoasi bilan bir uchrashuvda ham maydonga tushishga ham muvaffaq bo‘ldi. 2001 yilning yozida Xoland tizzasini jarrohlik amaliyotiga o‘tkazdi. Biroq, bu noto‘g‘ri bo‘lgan. Bir necha yil o‘tgach, Xoland Kinning zarbasidan jarohat olib, faoliyatini yakunlaganini tan oldi. Chunki zarba shu qadar kuchli ediki, zarba boshqa oyog‘iga tegsa ham, ikkinchi oyog‘iga ta’sir o‘tkazdi. Shuni aytish kerakki, Alf-Inge buni futbolga qayta olmaganidan keyin ma’lum qilgan.

Keyingi mavsum Xoland Chempionshipda atigi 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va Kubokda yana bir bahsda qatnashib, jami 47 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Shundan so‘ng, “Manchester Siti” norvegiyalik futbolchi bilan tibbiy sabablarga ko‘ra shartnomani bekor qilishga qaror qildi. 2011 yilda katta Xoland Norvegiyaning uchinchi divizionidagi klub bilan bir nechta o‘yinlarni o‘tkazdi, ammo bu shunchaki qiziqishlar ortidan bo‘lgan.

Kiritildi: 21:52, 14.06.2022.
O'qildi: 2876 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.